La Nuova Ferrara naşrining yozişiça, hududda kasallanganlar soni juda kam. Xususan, Emiliya-Romanya hududida 14 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan bölsa, bu körsatkiç Ferrarada atigi 307 nafarni taşkil qiladi.
Fuqaro mudofaasi xizmati komissari Serjo Venturi bu ma'lumotlarni tasdiqlagan holda, Ferrara aholisi qandaydir sababga köra, koronavirusga qarşilik qilayotganini aytdi.
«Avvallari bu hududda bezgak tarqalgan, odamlarda unga qarşi immunitet bor. Balki şu sababdan ham koronavirus yuqtirib olganlar soni kam bölişi mumkin. Bundan taşqari, irsiyatga boğliq bölgan talessemiya kasalligiga ham boğliqdir», — dedi Venturi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JST) ma'lumotiga köra, Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 105 mingdan ortiqni, vafot etganlar soni 12 mingni, soğayib ketganlar soni 15 mingni taşkil qiladi.













