Taşqi işlar vazirligi holat böyiça ma'lumot berdi.

Vazirlik axborot xizmati tarqatgan xabarga köra, Turkiya va Gruziyaning mas'ul vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, mazkur masala ijobiy hal qilindi. Turkiya tomonidan olingan ma'lumotga köra, özbekistonlik avtotaşuvçilar Turkiya hududiga Özbekistondan çiqqan kunlaridan boşlab 14 kunlik muddat tugaganidan keyin kiritiladi.

Ta'kidlanişiça, Turkiya Bojxona idorasi va Savdo vazirligi 2020 yil 30 mart keçasidan boşlab Özbekiston yuk taşuvçi transport vositalarini kiritiş tiklanganligini tasdiqladi. Bugunga qadar Gruziya-Turkiya çegarasini 50 dan ortiq yuk transportlari kesib ötdi.

«Özbekistonning Anqara va Boku şaharlaridagi elçixonalari vaziyatni nazoratga olgan, davlatlararo çegarada 14 kunlik muddat tugaşini kutayotgan özbekistonlik haydovçilar bilan aloqada bölib turibdi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Xorijiy davlatlar hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning çet eldagi elçixonalari va konsullik muassasalari huzurida taşkil etilgan operativ ştablarga murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötamiz.