Buloqboşi tumani Neftçilar qişloği Konçilar köçasining bir qismi dovonga tutaşgan. Qum va şağal yuklab olgan oğir maşinalar dovondan yuqori tezlikda qişloq tomon harakatlanadi va tormoz tizimi işlamay qolib, köngilsiz holatlar köp sodir böladi.

Image
Qişloqqa tutaşgan dovon

Dovondan katta tezlikda tuşayotgan yuk maşinalarining tormozi işlamay qolişi, yölning sifatsiz va torligi, savdo dökonlarining piyodalar yölagigaça çiqib ketgani yillar davomida ölim bilan boğliq davomli ayançli YTHlar sodir bölişiga olib kelgan.

Rasmiy munosabatlarda 10-oktabr kuni sodir bölgan YTHda 3 nafar fuqaro halok bölgani aytildi. Biroq voqea guvohlari hayotdan köz yumganlar 10 nafarga yaqin ekanini aytmoqda.

Sanobar Ğofurovaning kenja öğli ham aynan yuk maşinasi bosib qolişi tufayli hayotdan köz yumgan ekan:

“Beş öğlim bor edi. Eng kiçigi yuk maşinasi bosib qolişi oqibatida halok bölgan. U öşanda 34 yoşda edi. Marhumning ikki qizi bor edi, maşʼum hodisa sodir bölganda ayoli homilador bölgan. Körgiliklarni deb 8 oylik homilasi çala, nogiron tuğildi. Mana şu siqilişlar, stresslarni deb özim ham kasal bölib qoldim, yuragim öynaydigan bölib qoldi, qon bosimi kasalini orttirib oldim. Keça bölgan voqealarni körib, eşitib, öğlimni eslab yana kasal bölib qoldim.

Image
Marhum Sobirjon Ğofurov

Voqea 2024-yilning 28-iyunida bölgan. Öşanda ham HOWO yuk maşinasi yuqori tezlikda kelayotgan bölgan. Tormozi işlamay qolib, öğlimni bosib ketgan.

Rahbarlardan, tegişli taşkilotlardan iltimos qilaman, yöllarimizdan yuk maşinalari ötmasin. Yölimiz yuk maşinalari harakatlanişi uçun talabga javob bermaydi. Yuk maşinalari dovondan oğir yuki bilan tuşib keladi va oxir-oqibat tormoz ololmay qolib, köngilsiz holatlar köp bölyapti. Kuni keça sodir bölgan avariyada köpçilik öldi, yana qançasi reanimatsiyada yotibdi. Bir devor qöşni ayol öqituvçi edi. Eri nogiron, ayoli uni işlab boqardi. Öşa öqituvçi ayolning ham holati juda yomon, reanimatsiyada yotibdi hozir. Beçora ayol işlab erini davolatayotgan edi”, deydi bundan ikki yil avvalgi YTHda öğlini yöqotgan Sanobarxon aya Ğofurova.

Image
Sanobarxon aya Ğofurova

"Bir kunda ikki nevaramni yöqotdim"

“Bundan 6 yil avval yuk maşinalarini deb ikki nevaramdan ayrilganman. Öşanda katta nevaram 11, kiçigi 3 yoşda edi.

Soat 17:00 lar atrofida dovondan tuşayotgan yuk maşinasi tormozi işlamay qolganmi yoki haydovçisi uxlab qolganmi, ikki nevaramni urib, özi hovli devorini buzib kirib ketgan. GRPni ham buzib taşlagan. Yuk maşinasi bir parça metallolomga öxşab qoldi. Haydovçining özi ham halok bölgan.

Image
Yuk maşinasi bosib qolişidan halok bölgan qizaloq

Kelinim bolasining köyida avariya bölgan asfalt köçaga çiqib olib “zubila-molotok” bilan asfaltni uradigan odat çiqardi. Kelinni şifoxonaga olib borsam, şifokorlar keliningiz boşqa uyda yaşamasa jinni bölib qolişi heç gap emas, dedi. Xöp dedim-u, (Rossiyada opasi işlardi) opalarning yoniga jönatdim. Rossiyadan qişloqqa har zamon keladi. Öşanda ham uyimizga kirsa kiradi, bölmasa yöq.

Yuk maşinalari, bu dovon qança odamlarning yostiğini quritdi. Buni Neftçilar qişloği aholisi juda yaxşi biladi. Tegişli taşkilotlardan iltimos qilib söraymiz, dovonni pasaytirib berişsin yoki bu köçadan umuman yuk maşinalari ötmasin”, deydi bir kunda ikki nevarasidan ayrilgan Abduqodir Nişonov.

Image
Abduqodir Nişonov

"Temirga pulni qayerdan olaman, boşim qotyapti"

“Kuni keça sodir bölgan YTHda turmuş örtoğimni HOWO yuk maşinasi bosib ketdi. Oyoği, qovurğasi 15 joyidan singan, boşi, yuzlari yorilib ketgan. Hozir reanimatsiyada yotibdi. Nima bölganini sörasam, tepalikdan katta tezlikda yuk maşinasi kelib qolgani, çekkaga qoçişga ulgurmaganini aytdi.

3-4 odam öldi deyişyapti. Aslida reanimatsiyaning özida YTHdan olib borilgan 16 nafar odamni sanadim. Ularning içidan yana neçta odam ölgandir?!

Xudodan tilab olgan birgina öğlimiz bor. Uning baxtiga onasi soğayib ketsin. Onasi öqituvçilik qilib bizni boqardi. Oilamiz boquvçisi edi. I guruh nogironiman. Yuragimga stent qöyilgan, buyragim işlamaydi, haftada uç marta dializ olaman. Dardimga malham böladigan şu ayolim edi. U ham fojiaga yöliqib turibdi. Oyoğiga maxsus temir qöydiriş kerak ekan. Narxi yetti mln sömdan oşiq turar ekan. Endi u temirga pulni qayerdan olaman, boşim qotib turibdi”, deydi turmuş örtoği reanimatsiyada qolayotgan Fathiddin Samiyev.

Image
Fathiddin Samiyev

Suriştiruv davomida 10-oktabr kuni sodir bölgan YTH da yaqinlaridan ayrilgan bir neçta xonadonlarga kirdik. Lekin ular negadir holat haqida gapirişni xohlamadi.

Mahalliy aholi vakillariga köra, bundan 3 yil avval tuman hokimi Neftçilar qişloği aholisiga yiğiliş ötkazib, dovonni pasaytiriş uçun 83 mlrd söm ajratilganini aytgan. Hatto 1-2 kun bu borada amaliy işlar ham olib borilgan. Biroq boşlab qöyilgan iş oxiriga yetmagan.

"Mablağ ajratilsa, dovonni pasaytiramiz"

“Har yili yilning boşida Andijon viloyati avtoyöl boşqarmasiga dovon yölini pasaytiriş uçun taklif beramiz. Boşqa muqobil yöl bölmagani bois yuk maşinalari yuki bilan dovondan tuşib kelib, sement zavodiga boradi.

Yöllar tor, yuk maşinalarining bu köçadan harakatlanişi aslida mumkin emas. Yöllarni kengaytiriş uçun esa aholini köçirişga töğri keladi.

Hozirda yöl böyidagi dökonlarni buzdiryapmiz. Hamma narsa mablağga taqaladi. Dovonni pasaytiriş uçun mablağ ajratilsa, pasaytirişimiz mumkin”, deydi biz bilan telefon orqali suhbatlaşgan Buloqboşi tumani Avtomobil yöllari boşqarmasi boşliği Beruniy Tojimatov.

10-oktabr kuni sodir bölgan HOWO yuk maşinasi bilan boğliq YTH yuzasidan Buloqboşi tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.