Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan boğliq vaziyat murakkablaşmoqda, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.

«Mamlakatda vaziyat murakkablaşmoqda, dunyoda koronavirus bilan boğliq vaziyat judayam murakkab», — dedi Putin hukumat a'zolari bilan videokonferensiya şaklida ötgan yiğilişda.

U jahonda koronavirusga çalinganlar soni 850 mingdan oşganini, Rossiyada esa 2777taga yetganini eslatib ötdi.

Boş vazir örinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtiriş holatlari ösganini tasdiqladi.

«Koronavirus infeksiyasi yuqtirgan fuqarolar soni ötgan sutkada 18,8 foizga ösdi», — dedi Golikova. 

Golikovaning sözlariga köra, körsatkiçning ösişi test olişning kengayişi bilan ham izohlanadi.  

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritiş vakolatini beruvçi qonunni imzolagandi.