Toşkent şahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi telegram kanalida yozilişiça, fuqarolar karantin davrida uyda qolayotgani şaxsiy avtotransport vositalaridan çiqadigan taşlanmalarning sezilarli darajada kamayişiga olib keladi.
«2020 yil yanvar oyi holatiga köra, Toşkent şahrida umumiy 460 mingdan ortiq transport vositalari röyxatdan ötgan bölsa, şundan 396 mingi yoki 86 foizi xususiy sektorlar hissasiga töğri kelmoqda. Uşbu transportlardan bir yilda örtaça 400 ming tonna taşlanmalar atmosfera havosiga taşlanadi.
Joriy etilgan karantin davrida 10 ming yaqin transport vositalari harakatlanişiga ruxsat berilib, qolgan 450 mingga yaqini harakati vaqtinçalik töxtalişi natijasida tabiiy ravişda bir oyning özida atmosferaga 32,5 ming tonnadan ortiq zararli gazlar taşlanişining oldi olinadi.
Bu bilan, fuqarolarimiz karantin davrida nafaqat öz soğliqlariga e'tiborsiz bölişmaydi, balki atrof muhit musaffoligini ta'minlaşga ham öz hissalarini qöşgan bölişadi», deyiladi xabarda.
Boşqarma sönggi soatlarga qadar aholidan maxsus ruxsatnoma oliş böyiça qilingan murojaatlar böyiça raqamlarni ham keltirgan. Ma'lum qilinişiça, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga 98 mingdan ortiq arizalar kelib tuşgan.
Belgilangan talablarga javob beriş yoki bermasligiga qarab 6265 talabgorga ijobiy, 6324 nafariga rad xulosalari berilgan.
Toşkent şahri Davlat xizmatlari markazlariga esa bevosita 20 mingdan ortiq fuqarolar taşrifi kuzatilgan.
«Vaqtinçalik hukmron bölib turgan sinovli davrlarda avtotransport vositalaridan foydalanişni vaqtinçalik çeklab, uning örniga zarurat bölgandagina velosipedda yoki piyoda harakatlanadigan bölsak, nafaqat örnatilgan qoidalarga amal qilgan, balki öz soğliğimiz hamda kelajagimiz davomçilari bölgan yoş avlod soğliği haqida ham qayğurgan bölamiz», deyiladi xabar yakunida.













