Berlin hukumati Germaniyaga möljallangan 200 ming dona tibbiy niqob Amerikaga jönatilganidan söng AQŞni "zamonaviy qaroqçilik"da aybladi.
Berlin içki işlar boşqarmasi boşliği Andreas Gizelning sözlariga köra, Berlin politsiyasi uçun möljallangan Amerikada işlab çiqarilgan FFP2 tibbiy niqoblari Bangkokda musodara qilingan va AQŞga jönatib yuborilgan.
Andreas Gizel Berlinga möljallangan niqoblarning egallab olinişi "zamonaviy qaroqçilik" ekanligini ta'kidladi va Tramp ma'muriyatini xalqaro savdo qoidalariga rioya qilişga çaqirdi.
"Transatlantikaviy hamkorlarga nisbatan bunday qilinmaydi. Hattoki global inqiroz davrida ham Yovvoyi Ğarb uslubini qöllaş mumkin emas", dedi u.
Donald Tramp Koreya uruşi davrida qabul qilingan qonundan foydalanib, uşbu niqoblarni işlab çiqaruvçi AQŞning 3M korporatsiyasiga öz tibbiy mahsulotlarini boşqa davlatlarga eksport qilişini taqiqlagan.
"Bu mahsulotlar içki iste'molimiz uçun zudlik bilan zarur. Biz ularni olişimiz şart", - dedi Tramp.
Yevropadagi boşqa mamlakatlarning vakillari ham amerikaliklarning tajovuzkorona xaridlaridan norozi bölmoqda.
Masalan, Fransiyadagi regional rahbarlar amerikaliklar tibbiy mahsulotlarni şundoqqina ularning burni ostidan sotib olib ketayotganidan şikoyat qilmoqda.
"Men niqoblar partiyasini topdim, ammo amerikaliklar, men Amerika hukumati haqida gapirmayapman, amerikaliklar uç baravar qimmat narx taklif qilişdi va buning ustiga, oldindan pul tölaşga tayyorligini aytişdi", - deydi Il-de-Frans regional kengaşi rahbari Valeri Pekresse.
3M kompaniyasi oyiga 100 mln donaga yaqin N95 respiratorlarini işlab çiqaradi, ularning qariyb uçdan bir qismi AQŞda, qolgan qismi esa boşqa mamlakatlarda tayyorlanadi.













