Koronavirusga qarşi vaksina prototiplari kemiruvçilar va primatlarda sinovdan ötkazilmoqda, odamlarda sinaş iyundan boşlanadi. Bu haqda «Vektor» ilmiy markazi direktori Rinat Maksyutov ma'lum qildi.

Mutaxassisning sözlariga köra, vaksinani maymunlarda sinaş aprel oxirigaça ötkaziladi, şundan söng klinik oldi tadqiqotlari bosqiçiga ötiladi. 

«Keyingi bosqiç esa odamlarda ötkaziladi», — dedi u.

Maksyutov avvalroq COVID-19 yöqolib ketmasligini, mavsumiy kasallikka aylanişi mumkinligini aytgandi.

Kuni keça amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarşi vaksinaning dastlabki sinovlari natijalarini e'lon qilişdi. Körsatkiçlar umidli deb aytilmoqda, ammo olimlarning oldinda qiladigan işlari hali köp.