U bu haqda 4 apreldagi brifingda ma'lum qildi.
 
“Biz ştatlarga yordam sifatida köp sonda qöşimça harbiylarni ajratmoqçimiz. Bu minglab va minglab harbiylar, harbiy tibbiyotçilar, professionallar, hamşiralar va şifokorlar böladi. Ular uruşga, tegişli tarzda tayyor bölişmagan kuraşga jönaydilar ”, deb aytgan Tramp. 

Şuningdek, Nyu-York şahrining öziga minglab harbiylar jönatiladi. Bundan taşqari, Nyu-York şahri va ştatiga köp sonda öpkani sun'iy şamollatiş qurilmalari yuboriladi.

Trampning ta'kidlaşiça, Nyu-Yorkka AQŞning ba'zi ştatlari ham kömak körsatmoqda. 

Ayni vaqtda Nyu-York şahri AQŞda koronavirus tarqalişi markazi hisoblanadi. Bu yerda kasallanganlar va vafot etganlar soni böyiça yuqori körsatkiçlar qayd qilinmoqda. 

Umumiy hisobda AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 311 mingdan oşib ketdi, vafot etganlar 8452 nafarni taşkil qilmoqda. Ölimlardan 3,5 mingdan köproği Nyu-York ştatiga, jumladan 2 mingga yaqini Nyu-York şahriga töğri kelmoqda.