AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikani ommaviy axborot vositalarini koronavirus töğrisida miş-mişlar va aholi örtasida vahima tarqatmaslikka çaqirdi.

"Ayrim OAV yolğon xabarlar tarqatiş va jamiyat orasida vahima va qörquv uyğotişni bas qilişi juda muhim. Ularning nomlarini aytişim mumkin edi, ammo ular öşalar. Ular şunçaki reyting ortidan quvmoqda", - dedi u.

Şanba kuni AQŞ prezidenti CNN telekanali töğrisida tanqidiy tvit yozgandi. U şuningdek, New York Times va Washington Post naşrlarini ham tanqid qilgandi.

JSSTning oxirgi ma'lumotlariga köra, dunyoda koronavirusga çaliniş holatlari 1,05 milliondan oşgan, 57 ming kişi vafot etgan.