Xöş, mamlakatda vaziyatning bu qadar izdan çiqişiga qanday omillar sabab böldi? Hukumat bundan söng qanday yöl tutmoqçi? Quyidagi maqolada şu kabi bir qator savollarga javob topişga urinib köramiz.
Komendantlik soati bekor qilinadi
Mamlakatda bir yarim oydan beri davom etayotgan karantindan söng qurbonlar kamayib, koronavirus grafigi va nihoyat yotiq köriniş ola boşladi. Buning ortidan hukumat Pasxa bayramining ertasiga komendantlik soatini bekor qilişga qaror berdi. Şunga qaramay, ilmiy qömitaning körsatmalari qat'iy: başarti uydan çiqilgan taqdirda ham ijtimoiy masofa saqlanişi, jamoat joylarida niqob taqilişi şart.
Özlarini masxara qilinganday his etişmoqda
Italiya xalqi bir tomondan diniy bayram şukuhini his qilişga umidvor bölib turgan bölsa, boşqa tomondan ğazabnok hamdir: döst deb bilgan mamlakatlari eng qiyin damlarda yolğiz taşlab qöygani va bu inqirozni boşqa rivojlangan davlatlardan avval boşdan keçirganliklari tufayli özlarini göyo masxara qilinganday his etişmoqda. Holbuki, bugun Angliya va AQŞda ham inqiroz butun böy basti bilan özini namoyon etmoqda. Bunday his-tuyğular bilan ertaga – pandemiyadan söng soğliqni saqlaş sektori, iqtisodiyot, xalqaro siyosiy munosabatlar, şuningdek, xalqlar orasidagi özaro işonç qanday tiklanadi – bu ham bir muammo.
Soğliqni saqlaş sektori zaiflaşib qolgandi
Ikkinçi jahon uruşidan söng köplab mamlakatlar qatori Italiya ham har taraflama farovon va tökis davlat bunyod etgandi. Soğliqni saqlaş sektori ham inqiroz yuzaga kelişidan avval uşbu farovon davlatning faxr-u iftixori edi. Ammo tibbiyot xodimlarining ulkan fidokorligiga qaramay, epidemiya şaroitida sohadagi ba'zi kamçiliklar yuzaga qalqib çiqdi.
Aytiş joizki, 90-yillardan e'tiboran soğliqni saqlaş sektori ğoyat zaiflaşib qolgandi. 2017 yil milliy soğliqni saqlaş sektori (52 foizi davlat tasarrufida) jami mingta muassasaga ega bölib, ular taxminan 191 ming yotoq siğimiga ega edi. Bu raqam har ming kişiga 3,6 krovat töğri kelişini anglatadi. Qolaversa, şifoxonalarning siğimi Yevropa Ittifoqi örtalamasining mingdan 5 qismini taşkil etişini hisobga olsak, yetişmovçilik kölami qay darajada ekani oydinlaşadi. Ön yil oldin örtaça yotoq hajmi har ming kişiga 4,3tani taşkil qilgan bölsa, 1998 yilda bu körsatkiç 5,8ta edi. Ya'ni aholining keksayib borişiga qaramay, soğliqni saqlaş sohasida yotoqlar soni jiddiy ravişda kamayişi kuzatilgan.
Davlat xususiy sektorga işongandi, ammo...
Davlat budjetini kuçaytiriş siyosati doirasida xususiy sektorning sarmoyalariga işonib, davlat kasalxonalariga ajratilişi közda tutilgan mablağlar qisqartirib kelindi. Öz navbatida xususiy sektor ham serdaromad sohalarga e'tibor qaratib, bu kabi inqirozlar paytida eng köp ehtiyoj tuyuluvçi reanimatsiya bölimlariga yuqori xarajatlar tufayli sarmoya kiritişdan uzoq vaqt tiyilib keldi. Natijada bugun Italiyada har 100 ming fuqaroga atigi 13ta reanimatsion töşak töğri kelmoqda. Taqqoslaş uçun, Turkiyada har 100 ming fuqaroga 40 yotoq siğimi bor va bu davlat bu borada Yevropa mamlakatlari orasida birinçi örinda turadi.
Keçiktirişlar odatiy holga aylanib qolgandi
Yuqoridagi raqamlar Italiya öz soğliqni saqlaş tizimiga investitsiya kiritiş maslasini tezlaştirişi lozimligini körsatmoqda. Biroq sönggi oylarda kuzatilayotgan infratuzilma yetişmovçiligi va şunga mos ravişda yuzaga kelgan avariyalar, davlat investitsiyalarining kam ekanini va keçikişi odatiy holga aylanib qolganini tasdiqlamoqda. Masalan, yarim orolning eng yirik şaharlaridan biri bölgan Neapoldagi metro liniyasi iqtisodiy ösiş boşlangan 1960-yillarda rejalaştirilgan edi, ammo uni quriş 1976 yilgaça qolib ketdi. Metroning birinçi qismi mamlakat farovonlik darajasi yuqori bölgan bir paytda – 1993 yilda foydalanişga topşirilgan esa-da, uning qolgan qismi iqtisodiy turğunlik bilan tavsiflanuvçi kelgusi oylarda yakunlanişi kutilmoqda.
Afsuski, Italiyadagi bunday holat odatiy holga aylanib bormoqda. Qolaversa, Sovid-19 bilan boğliq aççiq tajriba ham uşbu tendensiyani yöqotiş uçun zarur madaniy, huquqiy va iqtisodiy özgarişlar yasaşga qodir bölmasligi mumkin.
Soğliqni saqlaş tizimi va «regionalizm»
Italiyaning demokratik konstitutsiyaviy rejimi 20 mintaqaga avtonomiya beradigan «regionalizm»ga asoslanadi. Garçi soğliqni saqlaş sektori milliy muvofiqlaştiriş bilan boğliq esa-da, aslida, u hududlarning javobgarlik doirasidadir. Şuning uçun ham imkoniyat va investitsiyalar böyiça mintaqalar örtasida jiddiy tafovutlar mavjud. Virusdan eng köp zarar körgan Lombardiya mintaqasining soğliqni saqlaş sektori, aslida, mamlakatda eng yaxşilaridan biri bölsa-da, qanday natija kuzatilgani barçaga yaxşi ma'lum. Tibbiyot xizmatlari eng yomon bölgan Sitsiliyada hokim orolni materik bilan boğlaydigan barça dengiz yöllarini yopib, mintaqani himoya qilişga harakat qilmoqda.
«Yaşil» çiroqlar yoqildi, biroq...
Bugungi kunda bozorga boriş va xarid qiliş imkoni yöqligi sababli talabda jiddiy pasayiş kuzatilmoqda. Bundan taşqari, fabrikalar yopilgani yoki xalqaro aloqalar zanjiri uzilib qolgani sabab ta'minot kamayişi, şu tariqa iqtisodiyot qisqarişi kutilmoqda. Şubhasiz, uşbu vaziyatdan eng köp zarar köradiganlar qatlam kam daromadli fuqarolardir. Davlat inqiroz şaroitida tirikçilik muammosining oldini oliş uçun moliyaviy yordam körsatmoqda. Yevropa Ittifoqi ham moliyaviy intizom siyosatidan voz keçdi va budjet taqçilligini qöllab-quvvatlaş uçun nihoyat «yaşil» çiroqlarni yoqdi. Biroq siyosatdagi uşbu tarixiy özgarişlarga qaramay, karantindan söng kompaniyalarning moliyaviy holati havas qilgulik darajada bölmasligi aniq.
Qit'aning global mavqeyiga putur yetmoqda

Italiyalik Mario Dragi raislik qilgan davrda Yevropa Markaziy banki (YeSB) a'zo davlatlarning qarzlarini sotib olib, uni barça Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga «soçib» yuborgandi. Hozir ham xavfni bölişiş uçun şunga öxşaş amaliyot talab qilinmoqda. Italiya siyosatçilari Yevropa Markaziy bankining yevrobond yoki koronabond deb nomlangan obligatsiya çiqariş talabini salbiy qabul qilişdi. Uşbu masalalar böyiça Ittifoqning 10 a'zosi (jami yalpi içki mahsulotning 60 foizini taşkil etadi), Germaniyadan alohida harakat qilib, Italiyaning talablarini birinçi marta qöllab-quvvatlaşdi. Biroq Şimoliy Yevropa mamlakatlari, ayniqsa, Germaniyaning e'tirozlari tufayli Yevropa komissiyasi ilgari ham kuzatilgani kabi bu yönalişda ham zudlik bilan biror qarorga kela olmadi. Uşbu çuqur kelişmovçiliklar alaloqibat qoçqinlar inqirozi yoki Liviya muammosi kabi Sovid-19 inqirozida ham qit'aning global mavqeyiga putur yetkazmoqda.
«Agar Yevropa ölsa, bu ölimning sababi uning harakat qilmagani böladi»
Rossiya özining global kuçini tiklaşga harakat qilar ekan, Italiyaga harbiy parad bilan tonnalab materiallar va biologik kuraş böyiça mutaxassislarni yubordi. Ayniqsa, Kuba yoki Albaniya kabi gegemonlikka da'vo qilmaydigan ikki mamlakatning mos ravişda 35 va 30 nafar köngilli şifokorlarni yuborgani, şu bilan bir vaqtda gullab-yaşnayotgan qöşni davlatlarning yordamga qöl çözmagani kişini öyga toldiradi. Töğriroği, Italiya tibbiy muassasalarining işini yengillaştiriş uçun Sovid-19 taşxisi qöyilgan italiyalik bemorlarni öz kasalxonalariga qabul qilgan Germaniya nima uçun Rossiya, Kuba va Albaniya kabi Italiya jamoatçiligida effekt yarata olmadi?
Italiya jamoatçiligi sönggi yillarda Yevropa Ittifoqiga şubha bilan qarovçi öng qanot populist partiyalarni qöllab-quvvatlar ekan, Yevropa ham zarur paytda Italiyaga sovuq muomala qilgani, birdamlikni namoyiş qilmagani muhim ahamiyatga ega. Biroq Yevropa mamlakatlari Italiya yoki Örta yer dengizidagi har qanday mamlakatning iqtisodi zaiflaşişi butun Yevropa mamlakatlarida ta'sir körsatişini juda yaxşi bilişadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Italiya matbuotiga bergan intervyusida «Agar Yevropa ölsa, uşbu ölimning sababi uning harakat qilmagani böladi», deb aytdi. Italiya boş vaziri Juzeppe Konte ham minimal darajadagi aloqaga ega bir Yevropani körişni istamayotganini, bil'aks, kelgusida Yevropa birdamlik va suverenitetda bölişi kerakligini ta'kidladi.
Davlatlaştiriş siyosati özini qançalik oqlaşi mumkin?
Boşqa tomondan, Germaniya kabi davlatlar yemagan somsalariga pul tölaşni, iqtisodi zaif davlatlarning muvaffaqiyatsiz moliyaviy siyosati badalini tölaşni istaşmayapti. Aslida, ular özini xudbinlarça tutyapti, deb aytib bölmaydi. Ammo bugungi kunda Italiyaning davlat qarzi 2 trillion 443 milliard yevroni taşkil etmoqda va şuning uçun ham uning uşbu oğir şaroitda yolğiz harakat qiliş qobiliyati nihoyatda çeklangan. Mazkur inqirozdan keyin tez-tez körilişi kutilayotgan davlatlaştiriş siyosati ham yana bir xavf tuğdirişi aniq.
Davlat tasarrufiga olinadigan kompaniyalar orasida inqiroz davomida heç bir parvoz amalga oşira olmagan «Alitalia» aviakompaniyasi birinçi navbatda turibdi. Biroq yillar davomida moliyaviy qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan milliy aviakompaniya Yevropa Ittifoqi tomonidan amalga oşirilgan köplab qutqaruv rejalariga qaramay, inqirozdan avval ham jar yoqasiga kelib qolgandi. Davlat tasarrufiga ötkaziş yoki davlat şerikligi, şubhasiz, inqirozning iqtisodiy ta'sirini kamaytirişning muhim vositasi bölsa-da, agar davlatning qöllab-quvvatlovi kompaniyalarga yangliş beriladigan bölsa, mamlakatning şundoq ham çeklangan resurslari behuda sarf böladi.
Yevrodan voz keçiş – populistik harakatlarning böş va'dasidir
Oldin ham çuqur kelişmovçiliklar kuzatilgan YeIning mavjudligi haqida endi heç kim savol bermayapti. Töğri, Yevropa Ittifoqi içida erkin harakatlaniş ittifoqning ajralmas bir elementi hisoblanadi, biroq hozir undan deyarli naf yöq. 1999 yilda muomalaga kiritilgan yevro Italiya kabi moslaşuvçan valuta siyosatiga könikib qolgan davlatlarni çeklasa-da, inqiroz şaroitida zarur moliyaviy barqarorlikni ta'minlaşda yevro juda muhim ahmiyatga ega. Şu sababli, yevrodan voz keçiş populistik harakatlarning böş va'dasi bölib qolaveradi.
Öşa payt çora köriş mumkin edi...
Ayni damda xalqaro munosabatlardagi kelişmovçiliklardan taşqari, xalqlar örtasidagi işonçsizlikni ham jiddiy e'tiborga oliş lozim. Dekabr oyida Xitoyda virusga çaliniş bilan boğliq ilk xabarlar çiqqan paytda Italiyada ilk bor noodatiy pnevmoniya holatlari röy bergandi. 7 yanvar kuni Milandagi şifoxonalarda pnevmoniya bilan boğliq kasallaniş holatlari yillik örtaça körsatkiçdan 50-80 foizga ortib ketgani ma'lum qilingandi. Öşa haftalarda virus emin-erkin tarqalgani aniq. Öşa payt milliy va xalqaro institutlar bunga qarşi çora körişlari mumkin edi. Ammo Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) taqdim etgan ma'lumotlarga asoslanib, Italiya Soğliqni saqlaş vazirligi xalqaro sayohatlarga, xususan, Xitoy bilan sayyohlik va savdo aloqalariga heç qanday çeklovlar joriy etmadi. Boşqa Yevropa davlatlari singari Italiya ham yuqori xarajatli çoralar körişga botinmadi.
Italiyaliklar epidemiya yakunlanişidan umidvor
Yaqinlaşib kelayotgan Pasxa bayramida Venetsiya markazida joylaşgan San-Rokko çerkovining eşiklari oçiladi. Biroq heç kim marosimda iştirok etolmaydi. Çerkovdagi maşhur Tintoretto freskalarini hayrat va hayajon bilan tomoşa qiluvçi sayyohlar ham bu kunlarda atrofda körinmasligi aniq.
Italiyaliklar epidemiya San-Rokko xotirlanadigan 15 avgust keçasiga qadar tamoman tugaşini, soğliqni saqlaş, iqtisodiyot va xalqaro siyosiy aloqalarda epidemiya tufayli kelib çiqqan muammolar yeçim topişini, odamlar yana bir-birlariga işonç bildirişini umid qilişmoqda.
Otabek Tillayev tayyorladi













