Daniya boş vaziri Mette Fredriksen mamlakatda bolalar boğçalari va maktablar 15 apreldan oçilişi mumkinligini e'lon qildi.

Uning sözlariga köra, agarda yaqin kunlar davomida Daniyada koronavirusga çaliniş bilan boğliq vaziyat böyiça statistika barqarorligiça qolsa, bu muassasalar iş faoliyatini boşlaşi mumkin.

Ammo hukumat rahbari qolgan çeklov çoralari 10 maygaça, ommaviy tadbirlar ötkazişga taqiq avgustgaça amal qilişini ta'kidlab ötdi.

Daniyada koronavirus sababli çeklov çoralari joriy etilgan, maktab va boğçalar, tungi klublar, bar, restoran, teatr, çerkov, kutubxona, yirik savdo markazlari, sartaroşxona, massaj va tatu-salonlari yopib qöyilgan.

Şuningdek, koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida xorijliklar uçun çegaralar yopilgan.

Mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 4,6 mingta holat qayd etilgan, 200ga yaqin kişi vafot etgan.