Bu haqda AQŞ harbiy-dengiz kuçlari saytida ma'lum qilindi.

“Teodor Ruzvelt” jamoasining 79 foizi koronavirusga tekşirildi. 2037 matrosda testlar manfiy natija bergan”, deb aytilgan xabarda.

Ma'lumotlarga köra, kema jamoasining 3 mingdan köproq a'zosi sohilga ötkazilgan. Hammasi bölib jamoaning 5 ming a'zosidan 3,7 mingga yaqinini bortdan tuşiriş rejalaştirilgan. Qolganlar esa kemadagi tizimlar faoliyatini ta'minlaydi. Kema ayni vaqtda “Guam” harbiy bazasida qolmoqda. 

Avvalroq kema sardori Bretta Kroze kema a'zolarida koronavirus jadal tarqalayotgani sababli mudofaa vazirligidan yordam söragan. Uning rahbariyatga yöllagan maktubi OAVda paydo bölgaç u öz lavozimidan olingan. 

Krozening xatti-harakatlarini qoralagan harbiy-dengiz kuçlari vaziri vazifasini bajaruvçi Tomas Modli 7 aprel kuni iste'foga çiqişga ariza berdi.

AQŞ mudofaa vaziri Mark Esper Krozening nomiga qöpol sözlar aytgan Modlining iste'fosini qabul qilgan.

“Men bugun ertalab vazir Modlining iste'fosini qabul qildim. Prezident ma'qullovi bilan quruqlikdagi qöşinlar vaziri örinbosari Jim Makfersonni harbiy-dengiz kuçlari vaziri vazifasini bajaruvçi etib tayinladim”, deb yozgan Esper tvitterda.

Mudofaa vazirining ta'kidlaşiça, Makferson harbiy-dengiz kuçlarida umumiy hisobda 26 yil xizmat qilgan va admiral unvonida iste'foga çiqqan.