Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar berdi.
Umumiy hisobda AQŞda koronavirusdan vafot etganlar 14,8 ming kişini taşkil qilmoqda. Kasallanganlar soni esa 435 mingdan oşib ketdi. 24 ming kişi kasallikdan soğaygan.
Eng köp ölim holatlari Nyu-York, Nyu-Jyersi, Luiziana va Illinoys ştatlariga töğri kelmoqda. Bu borada “rekordçi” Nyu-York bölib, bu yerda 24 soat içida 779 qurbon qayd qilingan. Hammasi bölib ştatda 6268 kişi koronavirusdan vafot etgan.
Naşrning yozişiça, qurbonlarning aksariyatini lotin amerikaliklar va qora tanlilar taşkil qilmoqda.
Çikago şahrida koronavirusdan vafot etganlarning 71 foizini afroamerikaliklar taşkil qilmoqda. Miçigan ştatida qora tanlilarga ölim holatlarining 40 foizi töğri kelmoqda, vaholanki ştatda bunday aholi umumiy aholining 14 foizini taşkil qiladi. Luizianada ham koronavirusdan ölim holatlarining 70 foizi afroamerikaliklar va lotin amerikaliklarga töğri kelmoqda.
AQŞning allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauçining ta'kidlaşiça, afroamerikaliklar kasalliklar, jumladan yangi turdagi koronavirusga köproq çalinişi mumkin. Şu sababli Fauçi yoş va keksa afroamerikaliklarni qöşimça ehtiyotkorlik çoralarini körişga çaqirgan. U irqiy tengsizlik muammosi odamlar salomatligi masalasi bilan tutaş bölmasligi kerakligini aytgan. “Bugun biz qila oladigan iş – bu xavfga yöliqişi mumkin bölgan odamlarni ularning halokatiga olib keluvçi holatga tuşiş xavfidan ogoh qiliş”, deb aytgan Fauçi.













