Vazirlik tavsiyasiga köra, bu kabi ob-havo şaroitlarida boğ-tokzorlarning qator oralaridan suğoriş ariqlari olinib, iloji boriça kam miqdorda suv oqiziladi, qator oralariga göng aralaş xaşak, poxol, şox-şabbalar uyumlarini töplab, ular tutatiladi. Buning uçun boğ va tokzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m., balandligi 0,5-0,75 m.dan töp-töp qilib uyib qöyiladi.

«Bunda daraxtlarning yoşi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektarda 100-200ta uyum hosil qiliş kerak. Tutun boğ içiga yaxşi yoyilişi uçun uyumlar boğning şamol esadigan tomoniga qöyiladi, havo harorati kuzatib boriladi.

Havo oçiq bölib, harorat selsiy böyiça +1 yo nolga tuşişi bilan, uyumlar tutatiladi. Bunda uyumlarning alangalanmay, tutab yonişiga alohida ahamiyat beriş lozim. Sovuq takrorlanişini hisobga olib, uyumlar oralatib tutatiladi. Sovuq bölmasa, uyumlar öğit sifatida foydalaniladi.

fkdvCVQnWTYuzOAQdVU1v3rJpHt_sSLb.jpg (800×499)

Şuningdek, mavjud tutzor va tut daraxtlarini bargini asrab qoliş maqsadida atrofiga mahalliy göng yoki qurigan xas-xazonlarni töplab tutatiş va qondirib suğorişni taşkil etiladi.

Ertaki muddatlarda ekilgan kartoşka nihollari yerdan unib çiqqan bölsa, şaroitga qarab, egat ustini polietilen plyonka bilan yopiş yoki yopişning iloji bölmagan maydonlarda keçki suv qöyişni taşkil qilinadi va maydonning atrofini göng aralaş xaşak, poxol, şox-şabbalar uyumlarini töplab, ular tutatiladi.

Isitilmaydigan köçatxonalarda yetiştirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari köçatlarini sovuqdan asraşning muhim tadbiri dugalar örnatib, ustini polietilen plyonkasi bilan yopiladi. Vaqtinçalik isitiş moslamalaridan foydalaniş xamda atrofini göng aralaş xaşak, poxol, şox-şabbalar uyumlarini töplab, ular tutatiladi.

Issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, şirin qalampir, baqlajon köçatlarini va bodring, poliz ekinlarini uruğlarini ekişni vaqtinçalik töxtatib turiş zarur. Agar pomidor, şirin qalampir, baqlajon köçatlari ekilgan bölsa, keçki suv qöyiş taşkil qilinadi va maydonning atrofini göng aralaş xaşak, poxol, şox-şabbalar uyumlarini töplab, ular tutatiladi.

Har bir dalada havo harorati kuzatilib, harorat selsiy böyiça +1 darajaga tuşişi bilan uyumlar tutatiladi», – deyiladi tavsiyada.

Qöşimça qilinişiça, sovuqqa çidamli sabzi, piyoz, sarimsoq, oş lavlagi, karam va kökat kabi ekinlarga -2-3 daraja sovuq sezilarli ta'sir etmaydi.