Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etmoqda. Ayrim mamlakatlar virusdan zararlaniş xavfiga qaramay, virusga qarşi kuraşiş çoralarini bekor qiliş masalasini körib çiqa boşladi, deb yozadi Business Insider.
Avvalroq virus öçoği bölgan Italiya kasallaniş holatlarining kamaygani haqida ma'lumot berdi. Bu zararlaniş avj nuqtasidan ötib bölganini anglatişi mumkin. Raqamlar Italiyani «bloklaş» böyiça 9 martda belgilangan qat'iy çoralar virus tarqalişini sekinlaştiriş uçun samarali bölganini körsatmoqda.
Boşqa mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Ispaniya va Janubiy Koreya ham ham kasallaniş holatlari pasaygani haqida xabar berdi. Bu esa ijtimoiy masofalaniş yöli bilan kasallanişni kamaytiriş mumkinligini körsatadi.
Kasallikning sobiq episentri bölgan Xitoyda sönggi bir neça hafta davomida dökon, bar va kinoteatrlar asta-sekin oçilmoqda. Koronavirus tarqalişining avj olişi mamlakatda fevral oyining örtalariga töğri keldi. 780 millionga yaqin odam çeklovlar va karantinda böldi. Soğliqni va xavfsizlikni saqlaş böyiça ayrim çoralarining saqlab qolinişiga qaramay, çeklovlarning yumşatilişi ayrim joylarga sayyohlar oqimini köpaytirdi. Koronavirus bilan zararlanişning yangi holatlari aniqlangaç esa bu çoralar tezda özgartirildi.

Foto: Flavio Lo Scalzo/Reuters
Daniyada ham koronavirus bilan zararlaniş holatlari sönggi haftada kamaydi. Boş vazir Mett Frederiksen Pasxa bayramidan keyin mamlakatni karantin çoralaridan asta-sekin xalos qilişni taklif etdi.
«Ötgan hafta davomida bemorlarni kasalxonaga yotqiziş holatlari undan avvalgi hafta bilan taqqoslaganda, boşqa mamlakatlardagi körsatkiçlarga qaraganda kamroq, – dedi Frederiksen. – Agar kelasi ikki hafta davomida körsatkiçlar barqarorligi saqlansa, hukumat jamiyatni asta-sekin, öz nazorati ostida oça boşlaydi. Çeklovlarning olib taşlanişi odamlarning işga va maktabga qaytişiga tegişli böladi, jamoat tadbirlariga bölgan çeklovlar saqlanadi», – dedi u.
Avstriya ham jamoat transportida yuz niqoblaridan foydalaniş kabi çoralarni qöllagan holda Pasxa bayramidan keyin dökonlarni asta-sekin oçmoqçi. 6 aprel kuni Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda biznesni jonlantirişning «ehtiyotkor çorasi»ni taqdim etdi.
«Avstriya boşqa mamlakatlarga qaraganda tezroq va ança bosiqlik bilan reaksiya qildi, – dedi u. – Şu tariqa biz yomon holatlarning oldini olişga muvaffaq böldik. Bu holat bizga çoralarga amal qilgan holda inqirozdan tezroq çiqişga yordam beradi».
Reja böyiça 14 apreldan boşlab kiçik dökonlar, boğdorçilik va hunarmandçilik markazlari oçiladi. Kurs qolgan barça dökonlar va markazlar 1 maydan boşlab himoya çoralari ostida oçilişiga umid bildirişini aytdi.
Italiya ham koronavirus tarqalişi bilan boğliq çeklovlarni olib taşlaşi mumkin. 6 aprel kuni Italiyaning Corriere della Sera gazetasi mamlakatdagi ayrim korxonalarga aprel oyining örtalarida öz faoliyatini qayta tiklaşga ruxsat berilişi va sayohat qiliş bilan boğliq ayrim çeklovlar may oyida olib taşlanişi mumkinligini ma'lum qildi.
Kasallik tarqalişining töxtaşiga bölgan işonç hissiga qaramay, ekspertlar çeklovlarning erta olib taşlanişi kasallikni yenggan mamlakatlarda «infeksiyaning ikkinçi tölqini»ga sabab bölişidan ogohlantirişmoqda.
«Soğliq va iqtisodiyot örtasida katta va murakkab kelişuv turibdi, – deydi Yangi Zelandiyadagi Otago universiteti jamoat soğliğini saqlaş kafedrasi professori. – Ehtimol, ayrim işbilarmon kişilar qurbonlar soni katta bölsa ham iqtisodiyotni yuqori darajada qöllab-quvvatlagan yaxşiroq deb öylaşayotgandir».
Avstraliyadagi Yangi Janubiy Uels universitetining infeksion kasalliklar böyiça mutaxassisi Min Kuong Duongning fikriça, Avstriya va Daniya rahbarlari öz jamiyatlarini «normal hayotga» iloji boriça tezroq qaytarişga şoşilmoqda.
«Öylaymanki, hukumatlar hamjamiyatning normal hayotga qaytiş borasidagi xavotiriga barham berib, karantinning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini yumşatişni istaşyapti», – deydi Duong. U sohalarni oçiş qarori «ijobiy belgilarga» asoslangan «ehtiyotkorona, asta-sekinlik bilan amalga oşirilgan qayta tuğiliş» bölişini ta'kidladi.
«Karantin COVID-19 tarqalişini sekinlaştirişda yordam beradi va şu tariqa yuqişni töxtatiş, yangi holatlar va ölim körsatkiçini pasaytiriş uçun skrining, kontaktlarni kuzatiş, şubhali holatlarni izolyatsiya qiliş va yuqtiriş holatlari hisobini yuritişga tayyorlaniş uçun köproq vaqt beradi. Bularning hammasi öz joyida bölganidan keyingina karantin çoralarini bekor qiliş işonçli böladi», – dedi Duong.
U infeksiyani yuqtiriş kabi har qanday salbiy holat mamlakatni zudlik bilan yopişga olib kelişini ham ta'kidladi.
Şunga qaramay, ekspertlar iqtisodiy manfaatlar istiqbollariga qaramay, karantin çoralarining yuqori darajadagi ehtiyotkorlik çoralarisiz bekor qilinişi ilgarigidan ham yomonroq holatlarga olib kelişi mumkin, degan fikrni bildirişmoqda.
«Agar karantin çoralari yumşatilsa, mamlakatlar Italiya, Ispaniya va Nyu-Yorkda bölgani kabi kasalxona va intensiv davolaş muassasalarining bemorlar bilan tölişi holatiga tuşişi mumkin. Karantin esa şu kabi şart-şaroitlarni yaratib olişga imkon beradi», – deydi Yangi Zelandiyada faoliyat yuritayotgan professor Uilson.
Yangi Janubiy Uels universitetidagi jamoat soğliğini saqlaş va tibbiyot maktabi öqituvçisi doktor Devid Muskatello bu bosqiçda koronavirusning oldini oliş böyiça çeklovlarning kuçsizlantirilişi yordam bera olişi haqida fikr bildiriş qiyinligini aytdi.
«Agar çeklovlar virus yuqişini nazorat qilişda biz öylagançalik samarali bölsa, u holda çeklovlarning olib taşlangaç, köpçilikning koronavirusni yuqtirib oliş xavfi bor. Epidemiya avj olişi mumkin. Bu esa ayniqsa odamlar salomatligi va soğliqni saqlaş tizimi uçun jiddiyroq oqibatlar olib keladi», deydi Muskatello.













