AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodçi Behzod Hoşimov «MFactor» loyihasi mehmoni bölib, koronavirus pandemiyasi va karantin çoralarining iqtisodiyotga ta'siri haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi. 

Karantin uzoq vaqt davom etişidan qaysi sohalar köproq zarar köradi?

“Qiziq narsa borki, insonlar daromadi oşgani sayin ularning oziq-ovqat, salfetkalar kabi narsalarda iste'moli oşmaydi. Arzon tovarlar unçalik elastik emas. Odamlarning daromadlari oşgani sari ularning iste'moli köpayib bormaydi. Bu degani pulingiz bugun 100 söm, agar ertaga 200 söm bölib qolsa, kartoşkani köproq iste'mol qilmaysiz. Kartoşka, arzon guruç kabilar noelastik tovarlar deyiladi.

Daromad özgarganda iste'moli özgaradigan tovarlar esa elastik tovarlar deyiladi. Qimmat kiyim-keçak elastik tovar. Agar daromadingiz oşsa, qimmat kiyim-keçak iste'moli ham oşadi. Sayohat ham xuddi şunga öxşagan elastik tovar. Şuning uçun ham elastik tovar va xizmat işlab çiqaruvçilari qiynaliş ehtimoli bor.  Çunki ular işlab çiqargan tovarlar odamlarning daromadlariga boğliq. Odamlarning daromadlariga boğliq bölmagan tovarlar masalan, non yopiş, taksida yuriş yoki şu kabi tovarlar albatta yaxşiroq [inqirozdan çiqişi osonroq böladi].

Özbekistonda insonlarning juda kiçik guruhlari uçun işlab çiqariladigan tovarlar bor. Misol uçun, juda boy insonlar uçun işlab çiqariladi yoki xizmat körsatiladi. Agar boylarning jamğarmalari juda katta miqdorda kamaymasa, qimmat tovar işlab çiqarilişiga qaramay, “çökib ketmaslik” ehtimoli bor.  Elastik bölmagan, juda ham muhim bölgan tovar va xizmatlar işlab çiqarsangiz, inqirozdan çiqişingiz albatta oson böladi”, - dedi Behzod Hoşimov.

Töliq suhbatni «MFaktor» loyihasining YouTube'dagi kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.