Inventive Retail Group prezidenti Tixon Smikov Harvard Business Review’dagi maqolasida, öz tajribasidan kelib çiqqan holda, şu haqda söz yuritadi.
– Bizning kompaniyamiz çakana savdo bilan şuğullanadi. Biz sotadigan mahsulotlar yirik xalqaro korporatsiyalar tomonidan işlab çiqariladi. Dökonlarimiz Rossiyaning aksariyat yirik şaharlaridagi eng yaxşi savdo markazlarida joylaşgan.
Voqealar biz uçun şiddatli rivojlandi. Faoliyatimizning töxtatilişi avvaldan tuşunarli edi, lekin Xitoydan yangiliklarni kuzata turib, biz sönggi soniyalargaça xitoyça ssenariy Rossiyani çetlab ötadi, degan irratsional umidda edik.
Yangiliklardan taşqari, mahsulotlarini Xitoy hududida işlab çiqarmaydigan kompaniyalarning yetkazib berişida uzilişlar vujudga kelişi inqirozning darakçisi böldi. Çunki har qanday texnologik mahsulotning yetkazib beriş zanjiri allaqaçon global darajaga kötarilgan.
Öz-özidan «işlanmaydigan hafta»dan ikki hafta avval biz özimiz uçun öşa paytda özimizga stressli tuyulgan bir neça ssenariylarni tayyorlab qöygan edik. Eng yomoni – çakana savdoni ikki oyga yopib, biznesning bir qismini elektron tijoratga ötkaziş, keyinçalik normal hayotga tezgina qaytiş edi.
Hozir, aprelning boşida tuşunarli böldiki, biz aynan şu yönalişda harakatlanmoqdamiz, lekin hammasi öylaganimizdan-da yomonroq bölişi mumkin: Xitoy va Janubiy Koreyada vaziyat qanday rivojlanayotganini körib, tezda özimizni tiklab olişimizga işonç yöqligini tuşunib turibmiz.
Qiyin tanlov
Bugungi vaziyatning kompaniyamiz uçun eng murakkab jihati – asosiy hamkorlar oldidagi majburiyatlarni bajarişning texnik imkoniyati yöqligi böldi.
Tuşum keskin kamaygan şaroitda oldingi darajada xarajat qiliş imkonsiz: tovar qoldiqlari keragidan ortiqça, ijaraga olingan maydonlarda savdo bölmayapti, personalning katta qismi işlamayapti, marketing va kommunikatsiyalar uçun şartnomalar ma'nosini yöqotgan.
Bundan taşqari, banklar va davlat oldida qarzlar bor. Ularni restrukturizatsiya qiliş oğir yoki imkonsiz. Uşbu vaziyatda tölovlarning ustuvorligi haqida savol paydo bölişi muqarrar, u huquqiy risklar va qabul qilinayotgan qarorlarning etik jihati örtasida muvozanat topiş bilan yeçiladi.
Bizning tanlovimiz quyidagiça.
Biz davlatga soliq, banklarga foiz tölaşga majburmiz, iş örinlari va bu vaziyatda xodimlarimizga mumkin bölgan maksimal daromadni saqlab qolişni muhim deb bilamiz, biznesi ma'lum bir darajada kompaniyamizga boğliq bölgan hamkorlarimiz oldida mas'uliyatni his qilamiz. Şu bilan birga, yirik tovar yetkazib beruvçilar va ijaraga beruvçilar oldidagi majburiyatlarimizni restrukturizatsiya qilişga majburmiz, ularning qöllovidan umid qilmoqdamiz. Çunki hammamiz bir xil vaziyatda qoldik. Boşqa kompaniyalarda özgaça tanlov bölişi mumkin, lekin nimanidir tanlaşga baribir töğri keladi.
Bugungi vaziyatning ikkinçi öta muhim jihati – kompaniya xodimlari bilan munosabatlar. Odamlar sarosimada, qörquvga tuşib qolişgan. Men kompaniyaning barça qarorlarini maksimal şaffof qilib, inqirozga qarşi körilayotgan çoralarning barçasi, şuningdek kompaniyaning moliyaviy barqarorligi haqida xodimlarga axborot berib boriş kerak, deb öylayman.
Taassufki, kompaniya daromadlarining ham, uning xodimlari soni ham qisqarişi muqarrar. Şuning sababli xodimlar bu borada qabul qilinayotgan qarorlar asosli va adolatli ekanini körişlari biz uçun muhim.
Masofadan turib işlaşga ötilganini alohida ta'kidlaşim kerak. Bu borada kompaniyamiz ilğorlar safida emas edi: uydan turib işlaş rağbatlantirilmas edi; masofadan turib majlislar ötkazilmagan, qarorlar asosan yuzma-yuz ötirib qabul qilinar edi.
Bir hafta içida masofadan işlaşni örganişga majbur böldik. Yaxşiyamki bu dam oliş kunlari e'lon qilinişidan avval yuz berdi, şuning uçun ofisda xodimlarning yöqligiga texnik jihatdan tayyor edik.
Masofadan turib işlaş jamoadagi aloqani uzmagani quvonarli edi. Jamoa işga ançadan buyon bu qadar diqqat bilan yondaşmagan, jamoa a'zolari işga mehr bilan özini jalb qilmagan edi. Lekin men avvalgidek, masofadan turib işlaş mehnatni taşkil qilişning eng samarali usuli deb hisoblamayman, çunki u odatdagidan köra köproq taşkilotçilik va ma'murçilik, turli masalalarni qöyiş va nazorat qiliş böyiça sa'y-harakatlarni talab qiladi.
Bu borada normal hayotga qançalik ertaroq qaytsak, şunçalik yaxşi.
Tezlaşiş fursati
Jahonning köplab kompaniyalari singari, bizning kompaniyamizda ham hozirgi davr trendlarning tezlaşiş fursatiga aylanganini his qilib turibmiz. Şunisi diqqatga sazovorki, bu trendlarda heç qanday yangi narsa yöq.
Elektron tijorat uzoq yillardan buyon ösib kelmoqda edi – sanoqli kunlar içida u tört barobarga ösdi.
Masofadan turib işlaş yanada keng tarqala boşladi – bir kun içidayoq butun ofis uzoqdan turib işlay boşladi.
Mijozlar bilan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali aloqa qilişning yangi kanallari rivoj topdi – bu kanallarning muhimligi sanoqli soatlar içida köp martaga ösdi.
Röyxatni yana davom ettiriş mumkin, lekin şunisi muhimki, sönggi ikki hafta içida hammamiz yopirilib, bir neça yil avval qilişimiz lozim bölgan narsalarni qildik.
Endi nima böladi?
Garçi psixologik jihatdan bu qiyin bölsa ham, bugun mamlakatdagi karantin şaroitida sarflanayotgan resurslarni çeklab, karantindan söng çeklov çoralari bekor qilingaç, biznesni qayta işga tuşiriş böyiça tadbirlarni rejalaştiriş bilan şuğullaniş muhim.
Talab dinamikasining tiklanişini oldindan aytiş juda qiyin, biroq operatsion faoliyatni qaytadan işga tuşiriş böyiça qadamlarni rejalaştiriş juda muhim, deb öylayman. Bizning birinçi maqsadimiz – inqirozdan keyingi talab hajmlarini anglaş va barça majburiyatlarni tartibga soliş böladi.
Çakana biznesdagi vaziyatni belgilab beradigan inqiroz oqibatlariga töxtaladigan bölsam, asosiy kutilmalar sifatida quyidagilarni ajratib körsatgan bölar edim.
Koronavirus epidepiyasi tufayli kelib çiqqan iqtisodiy larzalar miqyosi ança şafqatsiz böladi, desam original gap aytmagan bölaman, albatta. Misli körilmagan işsizlik va daromadlarning pasayişi sodir bölişi aniq, ularni davlatning qöllab-quvvatlaşisiz yengiş qiyin.
Iste'molçilik odatlari ham özgarişga yuz tutadi
Birinçidan, insonlar uzoq vaqt bir-birlari bilan aloqa qilişdan çöçib turişadi va buning oqibatida offlayn dökonlardagi taşrif pasayadi. Ikkinçidan, insonlarning katta qismi ilk marta internet-xaridlardan foydalanib körişdi, onlayn savdo inqirozdan oldingi darajaga qaytib tuşmaydi. Bu vaziyat qa'rida ayrim imkoniyatlar yaşirin ekaniga ham işonaman, çunki katta miqdordagi pul massasi iste'molçilik faolligining pasayişi, safarlarning töxtagani, restoranlarning yopilganligi va h.k. tufayli iqtisod qilinadi.
Işlab çiqariş va logistika zanjirlariga zarar yetadi. Davlatlar örtasida tovarlarning harakatlanişi borasida joriy etilgan çeklovlar darhol olib taşlanmaydi. Materiallar va tarkibiy qismlarning köplab kiçik işlab çiqaruvçilari kasod böladi, demak, mahsulot taqçilligi har qanday, hattoki mutlaqo kutilmagan sohada ham paydo bölişi mumkin. Tezkor muammolar yuz bermaganida ham, bizneslar öz xaridlarining manbasini köproq diversifikatsiyalaş tomon qayta körib çiqadi.
Lekin meni bugungi holatdan kelib çiqayotgan işonç muammosi köproq taşvişlantirayapti. Aminmanki, aynan u jahon iqtisodiyotiga eng katta ziyon yetkazadi. Bizneslar bir-biriga va davlatga işonmay qöyadi. Fuqarolarning ham davlatga va bizneslarga işonçi öladi. Risklar qayta baholab çiqiladi. Kreditlaş qisqaradi. Keçagina oddiygina hisoblangan bitimlar köproq amaliy kafolatlar talab qila boşlaydi.
Bu özaro işonçsizlik spiralini çeklaşning eng yaxşi yöli – hozirdanoq öz kontragentlariga nisbatan oçiqlik va mas'uliyat bilan munosabatda bölişdir.
Nima bölganda ham, hayot öz özani böyiça ketmoqda, har qanday inqiroz ertami-keçmi baribir yakun topadi. Men mutaqo aminmanki, biz barçamiz majburiy izolyatsiyani şaraf bilan ötab çiqamiz, öz oilamiz bilan köproq vaqt ötkaziş imkoniyatidan quvvatlanib, sodir bölayotgan voqealardan saboq olamiz.
Ma'lumot uçun, Inventive Retail Group – elektronika, bolalar va sport tovarlari işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyalarning rasmiy dökonlarini birlaştiruvçi çakana savdo guruhi. Kompaniya Apple, Samsung, Sony, Nike, LEGO va ROOKIE kabi brendlar bilan hamkorlikda ularning firma dökonlari va xizmat körsatiş markazlari faoliyatini taşkil etişda kömaklaşadi.













