Birinçi sinfga ön yoşida borgan Gagarin
Yuriy Gagarin 1934 yil 9 martda Rossiyaning Smolensk oblasti Kluşino qişloğida dunyoga keladi. 1941 yil sentabrda 1-sinfda öqiy boşlaganida uning qişloğiga nemislar bostirib keladi, maktab yopiladi.

1943 yilda sovet armiyasi qişloqni ozod qilganidan söng maktab qayta oçiladi va qariyb ön yoşida Gagarin birinçi sinfga öqişga boradi.

1949 yilda Gagarin 6-sinfni tugatib, Lyubersk hunarmandçilik maktabiga öqişga kiradi. Şu bilan birga, u yoş işçilarning keçki maktabida öqiy boşlaydi. 1951 yilda har ikkala maktabni a’lo baholar bilan bitirgan Gagarin Saratov sanoat texnikumiga öqişga kiradi.
1954 yilda Gagarin Saratovdagi Mudofaaga kömaklaşuvçi taşkilot qoşidagi aeroklubga qatnay boşlaydi. Bu yerdagi bir yillik ta’lim davomida u uçuvçilik sir-asrorlarini örganadi.
Harbiy xizmat va mohir uçuvçi
1955 yilda Gagarin harbiy xizmatga çaqiriladi. Uni Orenburgdagi Kliment Voroşilov nomidagi harbiy uçuvçilar tayyorlaydigan 1-aviatsiya harbiy bilim yurtiga jönatişadi. U yerda Gagarin taniqli uçuvçi-instruktor Yadgar Akbulatovdan tahsil oladi. 1957 yilda bilim yurtini a’lo baholar bilan tugatib söng, Murmanskdagi 769 va 122-aviatsiya qiruvçi polklarida harbiy uçuvçi sifatida xizmat qila boşlaydi.
Kosmonavtlikka nomzodlar orasida
1959 yil 5 yanvarda KPSS Markaziy qömitasining 22-10-sonli, 22 mayda Ministrlar Sovetining 569-264-sonli «Birinçi kosmik parvoz uçun kosmonavtlar tanlab oliş haqida»gi qarorlari çiqadi.
1959 yil 9 dekabrda kosmonavtlikka nomzod sifatida röyxatga olişlarini sörab iltimosnoma yozgan Gagarinni Moskvaga tibbiy körikdan ötiş uçun çaqirişadi. U körikdan muvaffaqiyatli ötadi va nomzodlar safiga qöşiladi. Nomzodlar, 25-30 yoşda, böyi 170 santimetrdan yuqori, 70-72 kilogramm oğirlikda bölişi lozim edi.

1960 yil 11 yanvarda HHK boş qömondoni Konstantin Verşinin buyruği bilan nomzodlar orasidan tanlab olingan 20 nafar uçuvçilarni maxsus harbiy qismga ötkaziladi. Öşa yil 25 martdan boşlab ular kosmonavtlarni tayyorlaş dasturi böyiça muntazam maşğulotlarga kirişadi.
Rejaga köra, ilk parvozda SSSR Ministrlar Sovetining alohida konstruktorlik byurosi boşliği Sergey Korolyov uçişi lozim edi. Ammo, nomzodlar orasida favqulodda iste’dodlilarni körgan Korolyov kosmosga uçadigan kosmonavtni ular orasidan tanlaşini bildiradi. Gagarin maşğulotlarda özini har tomonlama körsatadi. Korolyov unga jiddiy e’tibor bera boşlaydi.

Sönggi tayyorlov bosqiçi
Bu orada nomzodlar guruhidan oltita uçuvçini alohida ajratib olişadi. Ular orasida Gagarin ham bor edi. Bu guruhni Jukovskiy şaharçasidagi kosmonavtlarni tayyorlaş markaziga olib borişadi. U yerda sinovçi-uçuvçi Mark Gallay boşçiligida maşğulotlar davom ettiriladi.
1961 yil 17-18 yanvar kunlarida nomzodlar ilk parvozda kosmosga uçişi lozim bölgan «Vostok» kosmik kemasining maketidan foydalanib imtihon topşiradi. Nomzodlarning törttasi imtihondan a’lo bahoga ötadi. Ularga Gagarin komandir etib tayinlanadi.

1961 yil 3 aprelda KPSS Markaziy qömitasi boş kotibi Nikita Xruşçyov kosmosga parvoz masalasida maxsus yiğiliş ötkazadi. Unda Dmitriy Ustinov parvozga tayyorgarlik haqida hisobot beradi. Yiğilişda parvozni amalga oşiriş haqida qaror qabul qilinadi.
Öşa paytda Korolyov juda şoşilayotgan edi. SSSRning kosmosga odam uçirişi haqida xabar topgan AQŞliklar ilk parvozni 20 aprelga möljallaydi. Parvozni ulardan oldin amalga oşiriş muhim edi. Şu uçun parvozni 11 yoki 17 aprelda amalga oşirişni möljallaşadi. 8 aprelda SSSR Mudofa texnikalari böyiça davlat qömitasi boşliği Konstantin Rudnev boşçiligida sönggi yiğiliş ötkaziladi. Unda «Vostok» kosmik kemasi parvozga şay ekanligi haqida hisobot beriladi va koinotga Gagarinning uçişi tasdiqlanadi. German Titov zaxiradagi kosmonavt etib belgilanadi.
Koinotga parvoz
1961 yil 12 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 09:07 da «Boyqönğir» kosmodromidan içida Yuriy Gagarin ötirgan «Vostok» kosmik kemasining uçişiga start beriladi. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oşadi. Oçiq koinotga çiqqan Gagarin aloqa orqali özining taassurotlari haqida gapirib turadi. Uning «Yer ustidagi bulutlarni va ulardan yerga tuşayotgan soyani kuzatayapman. Juda çiroyli. Diqqat! Yerning gorizontini kuzatayapman. Barçasi juda gözal» degan sözlari bortdagi magnitofonga yozib olingan.

Gagarin bortda turli sinovlar ötkazib köradi: yeb-içadi, qalam yordamida surat çizadi. U barça jarayon haqida hisobot yozib boradi. U bilan aloqa örnatib turgan jamoaga vaznsizlik holatida uning ruhiyati qanday bölişi muhim edi. Gagarinning özini tutişidan vaznsizlik holati insonning ruhiyatiga mutlaqo ta’sir qilmasligi ma’lum böladi.
1 soatu 48 daqiqa davom etgan parvoz nihoyasiga yetganidan söng pastga tuşişda kosmik kemaning tormoz qözğaliş tizimi biroz pand beradi, impuls körsatkiçi pastligi sababli avtomat tizimi yaxşi işlamaydi. Natijada, atmosferaga kirişdan 10 daqiqa oldin kosmik kema sekundiga 1 aylaniş tezligida aylana boşlaydi. Gagarin, parvozni kuzatayotgan rahbariyat va Korolyovni oşiqça xavotirga qöymaslikka qaror qiladi hamda ularga şartli ravişda kema bortida favqulodda vaziyat sodir bölgani haqida xabar beradi. Kema atmosferaning ziç qatlamiga kirganda undagi tutaştiruv simlari yona boşlaydi. Ungaça Gagarin bölimlarni ajratiş buyruğini qabul qilgan edi. Natijada Gagarin joylaşgan bölim yonğin yuzaga kelgan bölimdan sönggi soniyalarda ajralib ulguradi. Yerga qönişga 7 ming metr qolganda Gagarin maxsus katapultadan foydalanadi.

108 daqiqalik parvozda Yer şarini bir bor aylanib çiqqanidan söng Gagarin Saratov oblastining Smelovka qişloği yaqiniga tuşadi. Öşa zahoti u yerni harbiylar örab oladi va Gagarinni harbiy qismga olib ketadi. U yerdan Gagarin HHK Havo hujumidan himoya diviziyasining komandiriga qönğiroq qilib, «HHK boş qömondoniga yetkazişingizni sörayman, vazifa bajarildi. Özimni yaxşi his qilmoqdaman. Jarohatlar yöq» deb hisobot beradi.
Şundan söng Gagarinni Engels şaharçasiga olib borişadi. Şaharçada barça koinotga uçgan qahramonni köriş uçun köçaga çiqqan edi. General Brovkoning xonasida Gagaringa hukumat telefonini ulab berişadi va u KPSS MQ birinçi kotibi Xruşçyov hamda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Brejnevga hisobot beradi.
«Olamşumul ğalaba» va Gagarinning şon-şuhratga burkanişi
Gagarin soğ-omon yerga qaytib tuşgan zahoti SSSR matbuoti uning muvaffaqiyatli parvozini «sotsializmning kapitalizm ustidan qozongan buyuk ğalabasi» tarzida talqin qilib butun dunyoga jar solişni boşlab yuboradi. Öşa paytda insoniyatning yer atmosferasidan yuqoriga, oçiq koinotga çiqişi haqiqatdan ulkan voqealik edi.

14 aprelda Gagarin Moskvaga uçib keladi. Samolyotdan tuşiboq Gagarin özini kutib olişga çiqqan Xruşçyovga raport beradi. Şundan söng Xruşçyov va Gagarin ötirgan «ZIL-111V» kabrioleti Qizil maydonga qarab yöl oladi. U yerda ötkazilgan mitingda Xruşçyov Gagaringa «Sovet ittifoqi qahramoni» va «SSSR kosmonavt-uçuvçisi» unvonlarini beradi. Tantanalar Kremlda Gagarin şarafiga katta ziyofat beriş bilan davom ettiriladi. Ziyofat davomida Xruşçyov Gagarinni Oltin yulduz va Lenin ordeni bilan mukofotlaydi.

Keyinçalik Xruşçyovning öğli Sergey «Otam mudofa vaziri Malinovskiyga qönğiroq qildi va «Gagarinning harbiy unvonini darhol kötariş kerak» dedi. Malinovskiy unga kapitan unvonini bermoqçiligini aytdi. Otam unga mayor unvoni beriş lozimligini aytdi. Malinovskiy oldiniga e’tiroz bildirdi, yakunda esa köndi. Şu tariqa Gagarin hali Moskvaga yetib kelmasidan mayor unvoniga ega böldi. Undan keyin otam Kreml administratsiyasiga qönğiroq qilib Gagarinni munosib kutib oliş lozimligini aytdi», deb yozgan edi.
Gagarin avvaliga butun SSSR böylab, söng köplab xorijiy mamlakatlarni aylanib çiqadi. Hamma yerda u qahramon sifatida kutib olinadi. Çexoslovakiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Misr, Kuba, Braziliya, Kanada, Hindiston, Afğoniston va yana bir qator davlatlarda uni hatto mamlakat rahbari darajasida qabul qilişadi. Gagarin jami 30 ta davlatga taşrif buyurgan.
Buyuk Britaniyaga borganida uni qiroliça Yelizaveta II va boş vazir Harold Makmillan qabul qiladi.

Gagarin SSSRdagi turli ittifoqdoş respublikalarga qilgan taşrifi davomida Toşkentga ham keladi va katta tantanalar bilan kutib olinadi.

Qahramonning keyingi faoliyati
1961 yil 3 sentabrda Gagarin Jukovskiy nomidagi harbiy-havo injyenerlik akademiyasida ilmiy işlarini davom ettiriş uçun öqiy boşlaydi. 1968 yilda u diplom işini munosib himoya qiladi. Ungaça 1964 yilda Gagarin Kosmonavtlar tayyorlaş markaziga rahbar örinbosari etib tayinlanadi. 1966 yilda Gagarin Xalqaro astronavtlar akademiyasiga qabul qilinadi.

Öşa yili iyunda u yangi turdagi «Soyuz-1» kosmik kemasida parvoz qilişi möljallangan Komarov uçun zaxiradagi kosmonavt etib tayinlanadi. Uşbu parvoz muvaffaqiyatsiz amalga oşiriladi va Komarov halok böladi. Bu paytga kelib Gagarinning asosiy rahnamosi Korolyov vafot etgan edi. Aks holda halokatga uçragan «Soyuz-1» da Komarov örniga Gagarin parvoz qilişi ehtimoli katta edi.
Fojiali halokat
1968 yil 27 mart kuni Gagarin tajribali instruktor Vladimir Seryogin rahbarligida MiG-15UTI qiruvçi samolyotini sinovdan ötkaziş çoğida halokatga uçrab, ularning har ikkalasi fojiali tarzda halok böladi. Uşbu halokatga öz vaqtida turli sabablar taxmin qilib körsatilgan. Suriştiruv davomida samolyot asboblarning pand berişi yoki işdan çiqqani haqida heç qanday dalil topilmagan. Şunisi aniqki, Gagarin boşqargan samolyot yerga urilib, parçalanib ketadi.

Halokatga Gagarin samolyotni boşqara turib öta xavfli manyovr qilgani sabab bölgan deb hisoblanadi.
Gagarin haqida qiziqarli ma’lumotlar
Kosmosga parvozidan söng Gagaringa 15 000 rubl (1961 yil 1 yanvarda SSSRda rubl denominatsiya qilingan va yangi pulda bu juda katta mablağ hisoblangan), «Volga» avtomobili, Moskvadan yaxşi jihozlangan 4 xonali kvartira sovğa sifatida berilgan.

Gagarin nafaqat SSSR va uning tarkibidagi ittifoqdoş respublikalar, balki köplab xorijiy mamlakatlarning turli orden va medallari bilan taqdirlangan hamda ularning faxriy fuqarosi bölgan.
Bugun dunyoning turli davlatlarida Gagarin şarafiga uning nomi qöyilgan şahar va qişloqlar, köçalar, maydonlar, xiyobonlar bor. Şu jumladan, Özbekistonda ham Jizzax viloyatida Gagarin şaharçasi, Samarqandda Gagarin köçasi bor.
Gagarin parvozdan söng qaytib tuşgan joy — Smolovka qişloğida unga atab yodgorlik majmuasi barpo etilgan. Antarktida qoya, Qozoğistonda Jungar Olatovi toğlaridagi muzlik, astroid, Oyning orqa tomonidagi kraterlardan biri Gagarinning nomi bilan ataladi.
Bugun Rossiyaning köplab şaharlarida Gagaringa yodgorliklar bor. Bundan taşqari Grinviç (Angliya), Hyuston (AQŞ), Toşkent, Gagarin (Özbekiston), Nikosiya (Kipr), Monpele (Fransiya), Tiraspol (Moldaviya), Neapol (Italiya), Almati (Qozoğiston), Klivlend (AQŞ) kabi dunyoning köplab şaharlarida Gagaringa yodgorlik örnatilgan.

Bugun Rossiyada va yana dunyoning bir neça davlatlaridagi uçuvçilar tayyorlov maktablari Gagarin nomi bilan ataladi.
Dunyo böylab bir qança davlatda Gagarin nomi bilan ta’sis etilgan turli mukofotlar bor. 2008 yilda Şarqiy Yevropada taşkil etilgan Kontinental xokkey ligasining boş sovrini «Gagarin kubogi»deb nomlanadi.
Şarqiy Qozoğistondagi şaxtalardan birida topilgan noyob mineral Gagarinit deb atalgan.
Nemislar tomonidan işlab çiqarilagan ovoz yoziş uskunasiga Gagarin Records deb nom berilgan. Gagarin şarafiga tiriklik paytida va halok bölganidan keyin köplab poçta markalari hamda suvenirlar çiqarilgan.
Gagarinning hayoti tasvirlangan köplab badiiy va hujjatli filmlar, seriallar suratga olingan.
Gagarinning parvozi haqida şubhalar
1991 yil, SSSR tarqab ketgunça Gagarinning koinotga parvozi haqida ğarbliklarning turli şubhalari bölgan, Ammo unga heç kim e’tibor bermagan. Sababi — SSSRda ham AQŞliklarning Oyga çiqqani yolğonligi haqida «tadqiqotlar» e’lon qilingan va dunyo ahli har ikki tarafning bir-birini yolğonçilikda ayblab çiqqan da’volariga e’tibor bermagan.
SSSR parçalanib ketganidan söng ham Gagarinning parvozi haqidagi arxivlarning sir saqlanişi köpçilikda şubha uyğotdi. Bugun «Gagarin koinotga parvoz qilmagan, hammasi uyuştirilgan», deb da’vo qiladiganlar bir neçta asos keltiradi:
1. Parvoz haqidagi hujjatlar hanuzgaça sir bölib qolayapti.
2. Parvoz maydonçasiga öşanda bironta OAV vakili kiritilmagan.
3. Parvoz rekonstruksiyalari keyin suratga olingan.
4. Gagarin koinotda bölgan paytida Yerning umumiy körinişini birorta ham suratga tuşirmagan.
5. Gagarinning Yerga qaytib tuşişi juda şubhali. Rasmiy hisobotda Gagarin ötirgan katapultaning paraşyuti 7 ming metr balandlikda oçilgan, deyiladi. Ungaça esa koinotdan pastga uçib tuşişda havo bosimi bilan töqnaşgan katapulta qizib ketişi natijasida Gagarin halok bölişi lozim edi. Ammo negadir u zarar körmagan.
6. Gagaringaça sinov tariqasida heç kim uçmagan. Bu holat ham köpçilikda şubha tuğdirgan.
Albatta, yuqoridagi da’volarning hammasiga jöyali javob berib bölingan. Eng muhimi, Gagarinning parvozidan keyin koinotga keng miqyosda parvozlar boşlanib ketadi va şuning öziyoq Gagarinning parvozi haqiqatda amalga oşgan, degan işonçni uyğotadi. Qolaversa, köpçilikning fikriga köra, Gagarinning parvozi paytida kosmodromda OAV vakillari bölmaganining sababi, agar Gagarinning parvozi muvaffaqiyatsiz tugasa u haqda heç kim bilmasligi uçun şunday qilingan. Axir, SSSRning yana bir muvaffaqiyatsiz parvozidan ğoyaviy duşmanlar mutlaqo xabar topmasligi kerak edi.
Xulosa şuki, bugun insoniyatning aksar qismi Gagarinni koinotga ilk parvoz qilgan inson deb biladi. Şuni öziyoq köp narsani anglatadi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












