«Yurtimizda vaziyat barqarorlaşgungaça jamoaviy namozlar vaqtinça töxtatilib, musulmonlarimizga namozlarini uyda ado etişlari lozim ekanligi yetkazildi.

Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Ramazon oyini ötkaziş böyiça qöşni va xorijiy mamlakatlardagi holat örganildi. Jumladan, Misr Arab respublikasi, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya Federatsiyasining Tatariston respublikasi musulmonlari diniy idoralari tomonidan Ramazon oyida masjidlarda tarovih namozlari ado etilmasligi va ommaviy iftorliklar uyuştirmasligi haqida bayonotlar e'lon qilindi.

Şuningdek, qöşni Qozoğiston va Qirğiziston musulmonlari diniy idoralari bilan mazkur masala muhokama qilindi va yagona töxtamga keliş haqida qaror qilindi», deyiladi muftiy Usmonxon Alimov tomonidan «Özbekiston 24» telekanali orqali öqib eşittirilgan bayonotda.

Ramazon oyida közda tutilgan diniy marosimlar sababli karantin talablari buzilişining oldini oliş maqsadida Özbekiston musulmonlari diniy idorasi Ulamolar kengaşi mamlakatdagi barça musulmonlarni bir qator körsatmalarga qat'iy rioya etişga çaqirgan. Jumladan, Ramazon oyida mömin-musulmonlarimiz taroveh namozlarini, Xatmi Qur'onlarni öz oila a'zolari bilan xonadonlarida ötkaziş tavsiya qilingan.

Şu bilan birga, qöni-qöşni va yaqin qarindoşlarni töplagan holda iftorlik uyuştirişlari karantin talablariga zidligi sababli bunday marosimlarni ötkaziş taqiqlangan, iftorlik savobidan umidvor bölgan saxovatpeşa musulmonlar bunday marosimlari uçun möljallagan mablağlarini Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari orqali muhtoj oilalarga yetkazişga çaqirilgan.