Prezidentning “Toşkent viloyatida quvvati 240 MVt bölgan issiqlik elektr stansiyasi qurilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi va “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi tomonidan Özbekiston Respublikasida qarorda belgilangan elektr stansiyani quriş loyihasini amalga oşiriş uçun taşkil etilgan korxonasi örtasida “Toşkent viloyatida quvvati 240 MVt bölgan kombinatsiyalangan siklli elektr stansiyasini quriş” investitsiya loyihasini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oşiriş böyiça Investitsiya kelişuvi imzolangan;

“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi örtasida 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib oliş şartnomasi tuzilgan.

Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” örtasida imzolangan Investitsiya kelişuvi tasdiqlanadi.

“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Elektr energiyasini sotib oliş şartnomasi doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:

işlab çiqariladigan elektr energiyasini olti oy içida sotib olinişini qoplaş uçun majburiyatlar bajarilişini ta'minoti sifatida Özbekiston Respublikasining yuqori darajadagi reytingi bölgan tijorat bankining tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va şarsiz uzoq muddatli xorijiy valutada bank kafolati Loyiha kompaniyasi foydasiga oçişga;

investitsiya loyihasi ehtiyoji uçun tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvçi sifatida iştirok etişiga;

Loyiha kompaniyasiga texnik suv va tabiiy gazni yetkazib beriş böyiça Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi va “Öztransgaz” AJ bilan uzoq muddatli şartnomani imzolaşga;

jalb qilinadigan çet el investitsiyalari böyiça Özbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarini çet el valutasiga istisno tariqasida boğlagan holda belgilaşga.

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi va “Öztransgaz” AJ “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib oliş şartnomasida közda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beriş töğrisida şartnomalarning imzolanişini ta'minlaydi.

Bunda, Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi va “Öztransgaz” AJning aybi bilan tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berilmasligi natijasida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, şu jumladan barça turdagi jarima va yöqotilgan foyda summalarini tölab beriş majburiyati yuzasidan agarda şartnomada boşqa şartlar körsatilmagan bölsa, tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvçilar “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oldida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar bölişi belgilab qöyiladi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy bankiga respublikada yuqori darajadagi reytingga ega tijorat banklari tomonidan “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uçun imtiyozli şartlarda tiklanadigan, qaytarib bölmaydigan va şarsiz bank kafolati berilişini ta'minlaş tavsiya etiladi.

Toşkent viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda Loyiha kompaniyasiga Elektr energiyasini sotib oliş şartnomasida körsatilgan şartlarda yerni ijaraga beriş böyiça şartnoma imzolagan holda investitsiya loyihasini amalga oşiriş muddatiga teng davrga foydalaniş uçun yer uçastkasi ajratilişini ta'minlaydi.

Investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida, Loyiha kompaniyasiga:

imzolangan Investitsiya kelişuvi va Elektr energiyasini sotib oliş şartnomasi böyiça huquq va majburiyatlar beriladi;

Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida bank hisob-raqamlarini oçib, investitsiya loyihasini amalga oşiriş uçun respublikada oçilgan bank hisob-raqamlaridan xorijda oçilgan bank hisob-raqamlariga pul mablağlarini ötkazişga;

xorijiy pudratçilar, yetkazib beruvçilar yoki xorijiy kreditorlarga tölovlarni Özbekiston Respublikasi taşqarisida bunday tölovlarni Özbekiston Respublikasi bank hisobvaraqlari orqali ötkazmasdan töğridan-töğri amalga oşirişga ruxsat beriladi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Toşkent viloyati hokimligiga investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida Loyiha kompaniyasi tomonidan Investitsiya şartnomasi böyiça majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va kreditorlar örtasida Loyiha kompaniyasining huquq va majburiyatlarini kreditorlarga berişni nazarda tutadigan tegişli bitimlar tuziş huquqi beriladi.