Hozirgi kasallikning avj olişi - XXI asrning 20 yilidagi uçinçi koronavirus epidemiyasi. Birinçi ikkitasi - SARS va MERS  - mos ravişda 2003 va 2015 yilda kuzatildi. Biroq, uşbu turdagi virusga qarşi vaksina hali işlab çiqilmadi.

Koronavirusning dunyo miqyosida tarqalişi va karantinning iqtisodiyotga öta zararli ta'siri hisobga olinsa, vaksinani bozorga birinçi bölib çiqaradigan farmatsevtika kompaniyalari katta daromadga ega bölişi aniq. Profilaktik vositani işlab çiqişga kirişgan taşkilotlar, farm-gigantlar, biotexnologik startaplar va ilmiy markazlarning soni köp ekani ajablanarli emas. JSST ma'lumotlariga köra, kamida 70ta jamoa bu borada işlamoqda, deya xabar beradi Science Alert.

Xitoyning CanSino biotexnologik kompaniyasi odamlarda tajriba vaksinasining ikkinçi bosqiç sinovlarini ötkazmoqda. AQŞning ikkita startapi - Pharmaceuticals va Moderna ham klinik sinovlarni boşladi.

AQŞning yuqumli kasalliklar böyiça boş mutaxassisi Entoni Fauci ma'lum qilişiça, Ştatlarda vaksina 12-18 oydan keyin paydo bölişi mumkin. Biroq, bir qator mutaxassislarning taxminiça, bunday şoşiliş juda xavflidir. «Doktor Fauci 12-18 oy haqida gapirganda, bu bema'ni optimistik prognoz deb öylayman, - dedi 1990-yillarning oxirida rotavirusdan vaksina işlab çiqqan Pol Offit. - Menimça, uning özi ham buni tuşunmoqda».

Yangi vaksinani işlab çiqariş qimmat, murakkab va vaqt kerak bölgan jarayon bölib, yuzlab million dollar va bir neça yillik xavfsizlik hamda samaradorlik sinovlarini talab qiladi. Hozir, pandemiya avj olgan paytda, dorilar işlab çiqaruvçilar va tibbiyotdagi amaldorlar uşbu tartibni sezilarli darajada qisqartirişga urinmoqda.

Yangi vaksinalar odatda laboratoriyada, söngra hayvonlarda, keyin esa kiçik sonli köngillilar guruhida sinaladi, şundan söng keng kölamli sinovlar boşlanadi. Biroq, bugungi kunda ba'zi işlab çiquvçilar yölni qisqartiriş va hayvonlardagi tajribalardan voz keçiş usullarini izlamoqda.

«Men vaksina işlab çiqişni tezlaştiriş muhimligini tuşunaman, ammo tajribam şuni körsatadiki, vaksinalar bilan bunday qilib bölmaydi», - dedi Beylor Tibbiyot kolleji (AQŞ) tropik tibbiyot Milliy maktabi dekani Piter Xotez.

Sentabr oyidayoq Oksford olimlari jamoasi koronavirusdan vaksinani çiqarmoqçi. Bu eng optimistik ssenariy, ammo tadqiqotçilar işlari muvaffaqiyatli bölişiga işonmoqda.