Amerika aviataşuvçilari moliya vazirligi bilan pandemiya sababli boşlangan inqiroz munosabati bilan 25 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam taqdim etilişi töğrisida kelişib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Mamlakat moliya vaziri Stiven Mnuçinning ma'lum qilişiça, qator kompaniyalar dasturda qatnaşişga rozi bölgan.
Davlat ajratgan mablağlar aviakompaniyalarning maoş beriş uçun xarajatlarini qoplaydi. Mablağlar taqsimlanişi şu haftadan boşlanadi.
Delta Air Lines öziga 5,4 mlrd ajratilişini ma'lum qildi.
Southwest Airlines 3,2 mlrd dollar oladi.
American Airlines 4,1 mlrd dollar miqdorida beğaraz yordam va 1,7 mlrd dollar ssuda oladi.
Mnuçinning aytişiça, Alaska Airlines, Allegiant Air, rontier Airlines, Hawaiian Airlines, JetBlue Airways, United Airlines, SkyWest Airlines aviakompaniyalari ham dasturda iştirok etişga rozi bölgan.
Mart oyi örtalarida United Airlines koronavirus tufayli 2 mlrd dollar qarz olişga majbur bölgandi.













