Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda koronavirus epidemiyasiga qarşi yetarli darajada tayyorgarlik körilmagani uçun televideniye orqali xalqdan uzr söradi.

Prezident efir orqali öz aybini tan olar ekan, boşqa davlatlarda niqob, qölqop, dezinfeksiya va himoya vositalari yetişmovçiligi kuzatilyotganiga işora qilib, hukumat bundan saboq olişini ta'kidladi.

Makronning uşbu çiqişini 36,7 million kişi tomoşa qildi. Mazkur raqam mamlakat televideniyesi tarixidagi eng katta tomoşabin körsatkiçi sifatida ham qayd etildi.

Ma'lumot uçun, sönggi rekord 1998 yilgi jahon çempionati finalida qayd etilgan bölib, öşanda öyinni 13 million kişi tomoşa qilgan.