Çexiya hukumati mamlakatda koronavirus epidemiyasi sababli joriy qilingan karantin rejimi muntazam yumşatib borilişi jadvalini ma'qulladi. Bu haqda boş vazir örinbosari Karel Gavliçek ma'lum qildi.
"Jadval koronavirusga çaliniş bilan boğliq vaziyatning rivojlanişiga qarab özgarişi mumkin", - dedi Gavliçek.
Gavliçekning sözlariga köra, Çexiyada 20 apreldan ustaxonalar, bozorlar, avtobozor va avtosalonlar oçiladi, 10 kişidan köp bölmagan töy tadbirlari ötkazilişiga ruxsat beriladi. Bir haftadan söng barça dökonlar va maydoni 200 kvadrat metrgaça bölgan xizmat körsatiş muassasalari iş boşlaydi. 11 maydan maydoni ming kvadrat metrgaça bölgan dökonlar oçiladi. 25 maydan barça ovqatlaniş muassasalarining taşqi maydonlari, sartaroşxonalar, gözallik salonlari, muzeylar, galereya va hayvonot boğlari oçiladi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Çexiyada koronavirusga çaliniş bilan boğliq 6101ta holat qayd etilgan, 161 kişi vafot etgan.












