7 aprel kuni Kun.uz saytida «Videodarslarni özlaştirişga internet tezligi yöl bermayapti» sarlavhali maqola e'lon qilingan va unda sayt öquvçilaridan birining internet tezligi pastligi onlayn darslarni özlaştirişda imkon bermayotgani borasidagi murojaati keltirilgandi.
«Oilada mendan taşqari yana bir talaba bor: ukam hozir institutning 5-bosqiç talabasi. Singlim esa maktabda öqiydi. Onam maktabda dars beradi.
Hammamizning iş va öqiş faoliyatimizga internet juda kerak. Onam öquvçilariga onlayn dars ötişi, biz esa onlayn ta'lim olişimiz kerak. Hozir universitetlarda masofaviy ta'lim yölga qöyilgan.
Tuman markazida yaşasak ham, uyimizda mobil internet deyarli işlamayapti. Uyga Wi-Fi örnatiş haqida «Uztelecom» AJning Jomboy tuman filialiga ariza berganmiz. Yaqinda Wi-Fi örnatib berişga va'da berişdi, lekin aytilgan vaqtida ulab berişgani yöq», – deyilgandi Muhriddin Bahriddinovning murojaatida.
«Özbektelekom» AK uşbu murojaat böyiça munosabat bildirdi.
«Murojaatçi joriy yilning 9 mart kuni «Özbektelekom» AK Samarqand filliali Jomboy tumani telekommunikatsiya boğlamasiga internet xizmatiga ulaniş uçun ariza topşirgan. Ariza mas'ullar tomonidan örganib çiqilgan hamda murojaatçiga joriy yil 24 mart kuni mazkur hududda mavjud telefon aloqasi magistral liniyasida böş siğim mavjud emasligi, murojaatçining internet xizmatiga bölgan talabi tarmoqni rivojlantiriş işlari doirasida körib çiqilişi ma'lum qilingan.
Murojaatni örganiş vaqtida Muhriddin Bahriddinov istiqomat qiluvçi mazkur hudud «Özbektelekom» AK keng polosali ulaniş tarmoğini rivojlantiriş rejasiga kiritilgan bölib, bu yerda hozirgi kunda ilğor texnologiyalardan biri bölgan GPON texnologiyasi asosida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etiş rejalaştirilgan edi. Loyiha böyiça mazkur hududda rejalaştirilgan işlar joriy yilning 8 aprel kuni yakuniga yetkazilgan va murojaatçi bilan telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilişi böyiça şartnoma imzolangan. Şu tariqa Muhriddin Bahriddinovning internetga bölgan talabi qondirilgan.
Öz navbatida «Özbektelekom» AK naşringizga şu kabi murojaatlarni yetkazib berganingiz uçun taşakkur bildiradi», deyiladi «Özbektelekom» AK Kun.uz’ga taqdim etgan munosabat matnida.











