Prezidentning “Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni taşkil etiş va ötkaziş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, respublikada qişloq xöjaligi mahsulotlarini asosiy işlab çiqaruvçilari hisoblangan dehqon (şaxsiy yordamçi) xöjaliklari faoliyati natijalari böyiça statistik hisob-kitoblarni taşkil etişda qator kamçiliklar mavjud. Xususan, hududlardagi qator mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan dehqon (şaxsiy yordamçi) xöjaliklari faoliyatini aniq hisobga olişning tizimli taşkil etilmaganligi, öz navbatida ma'lumotlarning haqqoniyligi, töliqligi va sifatiga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020–2030 yillarga möljallangan strategiyasi ustuvor yönalişlaridan biri – tarmoq statistikasining şaffof tizimini işlab çiqiş hisoblanadi.
Bildirilişiça, qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar natijalarining xalqaro talablarga javob beradigan hisob-kitoblari tizimini taşkil etiş, statistik kuzatuvlarni ötkaziş usullarini yanada kengaytiriş va takomillaştiriş yuzasidan aniq kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirişni taqozo etmoqda.
Xalqaro amaliyotda, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) tavsiyalari asosida dunyoning köplab davlatlari tomonidan har 5-10 yilda bir marotaba qişloq xöjaligini yalpi röyxatga oliş amaliyoti joriy etilgan.
Mazkur tadbir, respublika miqyosida qişloq xöjaligi sohasini töliq qamrab olgan holda ma'lumotlar bazasini yaratiş, statistik hisob-kitoblarni yanada takomillaştiriş, ma'lumotlarni xalqaro taqqoslaş hamda mamlakat qişloq xöjaligi sohasi ma'lumotlarini xalqaro reytinglarda töliq aks ettiriş imkonini beradi.
Ta'kidlanişiça, mustaqillik yillarida Özbekiston Respublikasida qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirlari ötkazilmagan. Qişloq xöjaligi yer maydonlari, asosiy turdagi dehqonçilik va çorvaçilik mahsulotlari tarkibiga keskin ta'sir körsatgan özgarişlar, respublika qişloq xöjaligi körsatkiçlarining joriy hisobi böyiça mavjud ma'lumotlarni qöllaşni sezilarli darajada çeklamoqda.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga oliş ötkazilişi nazarda tutilmoqda.
Quyidagilar:
Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkaziş Konsepsiyasi;
Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişga doir kompleks çora-tadbirlar rejasi;
Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça respublika komissiyasi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça hududiy komissiyalar taşkil etiladi, ularning namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.
Belgilab qöyilişiça:
a) Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş, taşkil etiş va ötkaziş, uning natijalarini şakllantiriş, çop etiş, e'lon qiliş bilan boğliq tadbirlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta'minlaş;
qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişga vakolatli organ hamda boşqa davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari örtasidagi özaro hamkorlikni muvofiqlaştiriş;
qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonlarini nazorat qiliş;
qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişni moliyalaştiriş, birlamçi ma'lumotlarni qayta işlaşni taşkil etiş va yakuniy natijalarni e'lon qiliş masalalari böyiça takliflarni körib çiqiş;
qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişda iştirok etiş uçun jismoniy va yuridik şaxslarni, ularning mehnatiga haq tölaş masalalarini hal qilgan holda jalb etişni taşkil etiş;
taşkilotlarni, ularning mulkçilik şaklidan qat'iy nazar, qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq işlarga, şuningdek, xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni faollaştiriş va hamkorlik samaradorligini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqişga jalb qiliş masalalarini körib çiqiş.
b) Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi Özbekiston Respublikasida 2023 yilda qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
hududlarda qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça işlarni aniq çora-tadbirlar va mas'ul ijroçilarni körsatgan holda taşkil etiş;
hududlarda qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş bilan boğliq masalalar yuzasidan, şuningdek, qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkaziş böyiça vakolatli organ hududiy bölinmalarini va bu jarayonlarga jalb qilingan boşqa taşkilotlarni moddiy-texnik ta'minlanganligini mustahkamlaş masalalari böyiça takliflar işlab çiqiş;
hududlarda qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça kompleks işlar bajarilişini nazorat qiliş;
hududlarda qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga jismoniy va yuridik şaxslarni jalb etiş hamda iştirok etganlarni rağbatlantiriş.
Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar quyidagilarni nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasining “Qişloq xöjaligini röyxatga oliş töğrisida”gi Qonuni loyihasini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
qişloq xöjaligini röyxatga olişni ötkazişning maqsadlari, vazifalari, tartibi, davri va muddatlari;
ilğor xorijiy amaliyotda qabul qilingan zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida qişloq xöjaligini röyxatga olişni taşkil etiş va ötkaziş;
qişloq xöjaligini röyxatga olişni taşkil etiş va ötkazişda, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining iştiroki, ularning vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini körsatiş;
qişloq xöjaligini röyxatga olişni taşkil etiş va ötkazişda, jismoniy hamda yuridik şaxslarning iştiroki, ular mehnatiga haq tölaşning aniq mexanizmlari va manbalarini belgilaş;
qişloq xöjaligini röyxatga oliş yakunlarini amalga oşiriş böyiça taşkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boşqa çora-tadbirlar.












