Koronavirus pandemiyasi salbiy ta'sirini yumşatiş borasida boşlangan xayrli işlar bugun Prezident Xalq qabulxonalari iş faoliyatining asosiga aylanib ulgurdi. Karantin e'lon qilingan ayni kunlarda Prezidentning Farğona viloyati Xalq qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar ham endilikda onlayn tartibda qabul qilinib, har bir murojaat öta qisqa fursatlarda örganib, tahlil qilinmoqda va zudlik bilan yeçimi topilmoqda.

Misol tarzida Bağdod tumanini olaylik. Ötgan bir hafta davomida Prezident Xalq qabulxonasi boşçiligida tuman böyiça 700 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy kömak paketlari – oziq-ovqat mahsulotlari töplami markazlaşgan holda yetkazib berildi. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga şunday kömak mahsulotlari tayyorlanyapti. Yaqin kunlarda ular ham öz egalariga yetkaziladi.


Şunday beğaraz kömak “Namuna” MFY öramida istiqomat qiluvçi Rahmonovlar oilasiga ham olib borildi. Oilada tört jon istiqomat qiladi. Oila boşliği mavsumiy işlar bilan band bölgan. Rafiqasi bola tarbiyasi bilan band. Ayni kunlarda joriy etilgan tartib böyiça uyida qolayotgan bu insonlarga göşt, makaron, un, yoğ, sabzavot mahsulotlari ikki haftadan köproq vaqtga yetadigan miqdorda olib kirib berildi.



Furqat tumani aholisi murojaatlari bilan işlab kelayotgan Prezident Xalq qabulxonasida ham kelib tuşayotgan murojaatlar mazmun-mohiyati köpçilik hollarda karantin e'lon qilingan kunlarda aholini öyga solayotgan masalalar bilan boğlik. Dehqon bozorlaridagi narx-navolar, pensiya va nafaqalar tölovi, dezinfeksiyalaş jarayonlaridan boşlab qişloqlarda vujudga kelayotgan muammolar kelib tuşmoqda va ularning yeçimini topiş çoralari zudlik bilan körilmoqda.

Misol uçun, “Farğona suvta'minot” MÇJ Furqat tumani bölimi xodimlari aholi tomonidan Xalq qabulxonasiga kelib tuşgan toza içimlik suvini yetkazib beriş böyiça murojaatlarni kondiriş, joylarda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etiş işlari bilan band. Umuman, nafakat toza içimlik suvi ta'minoti, kommunal tarmoqqa daxldor bölib, Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tuşayotgan barça masalalar zudlik bilan hal etilişiga e'tibor susaymagan.

Furqat tumanida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan dehqon bozorlaridagi narx-navolar mö'tadilligini saqlaş, ayniqsa, narxlarning sun'iy ösib ketişidek noxuş hollarga yöl qöymaslik masalasiga e'tibor kuçaytirilgan. Bundan taşqari, dehqon bozorlariga yetkazuvçi yöllar karantin talablariga köra dezinfeksiyalanmokda, bozorlarga kirişda sanitar-şifokorlar faoliyati taşkil etildi, bozor hududlari muntazam zararsizlantirilmokda. Mahsulotlar sifati ta'minlanişi barobarida narx-navolar barqarorligi saqlanmokda.

Şunday sinovli kunlarda Prezident Xalq qabulxonasi farğonaliklarni birdamlikda va hamjixatlikda iş tutib, yon-atrofdagilarni köllab-quvvatlaş, avvalambor, insoniy mehr-oqibat riştalarini mustahkamlaşga ertayu keç xizmat qilmoqda.












