J.Abdullayev 1927 yil 21 fevralda Toşkent şahrida tuğildi.
1953 yilda Örta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, Rossiya Fanlar akademiyasining Avtomatika va telemexanika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1959 yilda nomzodlik, 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.
J.Abdullayev öz mehnat faoliyatini 1956 yili Özbekiston Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika institutining kiçik ilmiy xodimi sifatida boşladi. Uşbu maskanda katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi. Keyinçalik Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri, Toşkent elektrotexnika va aloqa instituti (hozirgi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti) rektori, Özbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti vazifasini bajaruvçisi, mexanika va informatika fanlari bölimi raisi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi boş ilmiy xodimi kabi mas'ul vazifalarda samarali xizmat qilib, respublikamizda malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş, zamonaviy ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşdi.
Zahmatkaş olimning axborot texnologiyalari sohasining nazariy va amaliy masalalariga bağişlangan köplab maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatçiligi örtasida yaxşi ma'lum. Uning bir qator ilmiy işlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlarida muvaffaqiyatli qöllanib kelmoqda.
Jonkuyar ustoz, mohir pedagogning bevosita rahbarligida önlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Akademik J.Abdullayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U «Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat şuhrati» ordeni va «Şuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Jöra Abdullayevning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, B.Yöldoşev, I.Abdurahmonov




