Apex Development va Daikin kompaniyalari Toşkent markazidagi 13,73 gektar maydonni egallagan köp funksiyali premium toifadagi Mirabad Square majmuasini barpo etiş doirasida strategik hamkorlikni yölga qöyganini maʼlum qildi.

Mazkur kelişuv Apex Development’ning puxta öylangan şahar muhitini yaratiş borasidagi tajribasi va iqlim uskunalari işlab çiqariş sohasida dunyoga maşhur Yaponiyaning Daikin kompaniyasi ilğor muhandislik texnologiyalarini birlaştiradi.

Memorandumni Apex Development boş direktori Şuhrat Şamsutdinov va Daikin mintaqaviy vakolatxonasi vitse-prezidenti Kodzi Domoto imzoladi.

Mirabad Square’da qulaylik muhandislik yeçimlaridan boşlanadi. Loyihaning barça rezidensiyalarida har bir xonadon uçun yaşirin kanalli içki bloklarga ega Daikin VRV markaziy konditsionerlaş tizimi közda tutilgan.

Iqlim uskunasi uy-joy narxiga kiritilgan: bölajak xonadon egalari tizimni alohida sotib olişlari yoki uni örnatiş uçun qöşimça haq tölaşlari şart emas. Taqqoslaş uçun: maydoni 115,7 m² bölgan tört xonali xonadonni xuddi şunday tizim bilan mustaqil jihozlaş taxminan 250 million sömga tuşişi mumkin.

Içki bloklar şift ortidagi maxsus böşliqqa joylaştiriladi. Bu interyerning yaxlit körinişini saqlaş imkonini beradi. Şu bilan birga, standart xonadonlarda şiftlarning loyihaviy balandligi 3,3 metrgaça yetadi. Taşqi bloklar esa balkon va lodjiyalardagi maxsus ajratilgan joylarga örnatiladi. Bu fasadlarning yaxlit meʼmoriy qiyofasini saqlaşga xizmat qiladi.

Daikin VRV tizimi havoning bir tekis taqsimlanişi va past şovqin darajasini taʼminlaydi. Har bir xonadagi haroratni alohida pult orqali sozlaş mumkin. Bunday yeçim interyer bilan uyğunlik, qulay boşqaruv va energiya tejamkorligini birlaştiradi.

Qöşimça uskunalar örnatilgan taqdirda, iqlimni boşqariş tizimini «aqlli uy» tizimiga integratsiya qiliş, şuningdek, havoni filtrlaş funksiyasi bilan töldiriş mumkin.

Natijada texnologiyalar interyerda deyarli közga taşlanmaydi, ularning afzalliklari esa har kuni seziladi: maqbul harorat, sokin muhit va makonni öz didingizga köra jihozlaş erkinligi.