Moldovada Ruminiyadan elektr energiyasi import qilişga möljallangan yangi elektr uzatiş liniyasi oçildi. U Kişinyovning Rossiyaga energetik qaramligini kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
8-noyabr, yakşanba kuni bölib ötgan oçiliş marosimida Moldova prezidenti Mayya Sandu «Moskva önlab yillar davomida mamlakatni elektr va issiqlik taʼminotidan uzib qöyiş bilan şantaj qiliş uçun energiya resurslaridan foydalanganini» taʼkidladi.
Yevropa Ittifoqining kengayiş masalalari böyiça komissari Marta Kos iştirokida Kişinyov elektr stansiyasida ötkazilgan marosimda Sandu yangi liniya elektr energiyasi yetkazib beriş yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va Moldovaning Yevropa energetika tizimiga integratsiyasini mustahkamlaş imkonini berişini ham qayd etdi.
Yangi elektr uzatiş liniyasi Ruminiya çegarasi yaqinida joylaşgan Vulkaneşti aholi punktini Moldova poytaxti Kişinyov bilan boğlaydi.
AFP agentligi qayd etişiça, mazkur infratuzilma mamlakatning tan olinmagan Dnestrböyi Moldova Respublikasi (DMR) hududida joylaşgan Kuçurgan elektr stansiyasiga qaramligini kamaytirişi kerak.
Moldovaning YeIga aʼzo bölişi böyiça muzokaralar davom ettiriladi
Noyabr oyi boşida Yevropa komissiyasi YeIga aʼzolikka nomzod davlatlar böyiça kengayiş masalalariga oid yillik hujjatlar töplamini taqdim etdi.
Unga köra, Moldova Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralarni davom ettiriş uçun zarur bölgan barça şartlarni bajargan.
Yevropa komissiyasi mamlakat öz qonunçiligini YEI huquqiy meyorlariga muvofiqlaştiriş jarayonini jadallaştirgani va qonun ustuvorligini mustahkamlaş borasida muayyan yutuqlarga erişganini eʼtirof etdi.
Bryussel Moldova islohotlarning hozirgi surʼatini saqlab qolişiga umid bildirmoqda. Bu 2028-yil boşiga qadar YEI bilan aʼzolik muzokaralarini yakunlaş böyiça «ulkan, ammo erişiş mumkin bölgan maqsad»ni amalga oşiriş imkonini beradi.
Sandu: Ruminiya bilan birlaşiş Moldova xavfsizligini taʼminlaşga yordam berişi mumkin
Moldova prezidenti Mayya Sandu yaqinda Vengriyaning Válasz Online naşriga bergan intervyusida Yevropa integratsiyasi mamlakat aholisining aksariyati qöllab-quvvatlaydigan siyosiy yönaliş bölib qolayotganini taʼkidladi.








