Qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş va koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etiş uçun amerikalik fermerlarga 19 milliard dollar ajratiladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi. 

Uning sözlariga köra, dastur işlab çiqaruvçilarga töğridan-töğri tölovlarni hamda ommaviy tarzda göşt, sut va qişloq xöjalik mahsulotlarini sotib olişni öz içiga oladi. Mazkur yordam koronavirus pandemiyasidan jabrlangan fermerlar va ranço egalariga ajratiladi.

Mamlakat qişloq xöjaligi vaziri Sonni Perdyu töğridan-töğri tölovlar 16 milliardni taşkil etişini, fermerlarning mahsulotlarini sotib oliş uçun yana 3 milliard dollar ajratilişini ma'lum qildi. Bundan taşqari, iyulda qişloq xöjaligi vazirligi fermerlarga yordam beriş uçun yana qöşimça 14 mlrd dollar oladi.

AQŞda fermerlar epidemiya sababli öz vaqtida yetkazib berolmagan mahsulotlarini yöq qilişga majbur bölmoqda. Bundan taşqari, pandemiya va çeklov çoralari bois ayrim mahsulotlarga talab pasaydi. Buning ustiga, işçilar orasida koronavirus tarqalişi sababli bir neçta göşt zavodlari işini töxtatişga majbur böldi.

Mart oxirida AQŞda iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun yordam paketi ma'qullangandi. Unda iqtisodiyotga ikki trillion dollar mablağ kiritiş közda tutilgan.