Yozef Blatter — dunyo futboli tarixidagi eng maşhur va nufuzli mulozimlardan biri. 1981-1998 yillarda şveysariyalik FIFA boş kotibi, 1998-2015 yillarda prezidenti bölib işlagan. Uning rahbarligida 5ta jahon çempionati ötkazildi.

2015 yilda Yozef Blatter JÇ-2018 mezbonligini Rossiyaga, JÇ-2022 mezbonligini Qatarga berilişidagi korrupsiya bilan boğliq mojarolar tufayli futboldagi faoliyatdan 6 yilga çetlatilgan edi. Rossiyaning «Izvestiya» naşri 84 yoşli sobiq mulozim bilan suhbatlaşib, bu haqdagi fikrlari bilan qiziqdi.

— Özingizni karantinda qanday his qilyapsiz?

— Özimni yaxşi his qilyapman, hamma qatori karantinda ötiribman. Har doim uyimdaman. Döstlarim men haqimda qayğurmoqdalar. Heç kim meni tark etmagan.

— Koronavirusning qattiq zarbasi futbolni butunlay töxtatişi va bu sport turi odatdagi körinişidan ajralişi mumkinmi?

— Aslo. Futbolni töxtatib bölmaydi. Futbolning asosida insonning instinkt harakatlari – oyoq bilan tepsiniş yotadi. Bola ham ona qornida tepsinadi. Hamma şu harakatlarni qiladi. Şular asosida futbol paydo bölib, jamiyatning bir qismiga aylangan. Qoidalar haqida bir narsa deyolmayman, ammo 100 yildan keyin ham odamlar futbol öynaşadi.

— UYeFA barça ligalardan mavsumni yakunlab olişni talab qilmoqda. Bunga nima deysiz?

— Menimça, bu hozirgi vaziyatda örinli va muhim talab. Hozir xalqaro emas, balki, içki musobaqalar muhim. UYeFA milliy çempionatlarni yakunlab oliş böyiça töğri talab qöymoqda. Hatto muxlislarsiz bölsa-da, içki çempionatlarni yakunlab oliş kerak.

— Pandemiya tugagaç, zamonaviy futbolda nimalar özgaradi?

— Işonçim komil, pandemiya FIFA prezidenti Janni Infantinoning jahon çempionati iştirokçilari sonini 48taga yetkaziş haqidagi ğoyasiga e'tiborni jalb qiladi. Hozir unda 32ta jamoa iştirok etmoqda. Menimça, jahon çempionati iştirokçilari sonini oşirmaslik kerak.

— Bu inqirozdan çiqiş uçun FIFA va UYeFAga qanday maslahat bergan bölardingiz?

— Futbol yakka holda inqirozdan çiqolmaydi. Demak, u dunyo hukumatlari qarorlarini hurmat qilişi, ularga moslaşib olişi kerak. Çunki biz jamiyatning bir qismiga aylanganmiz. UYeFA bu borada töğri yöldan ketyapti – avvalo milliy çempionatlar haqida qayğurmoqda. FIFA esa yuqorida aytganimdek, voqelikka qaytişi kerak.

— Öyinlarni muxlislarsiz ötkaziş şartmi?

— Bunga qarşi emasman. Çunki futbolni öynaş kerak. Yana bir jihati – futbol professional sportga aylangan. Futbolçilar işlaşi kerak, öz vazifasini bajarişi kerak. Ikkinçidan, futbol TV translatsiyalaridan olinadigan daromadlarga boğlanib qolgan. Agar daromadingiz bölmasa, moliyaviy muammolarga duç kelasiz. Şu tufayli, böş tribunalar ostida öynalsa ham, TV translatsiyalar huquqini sotib, ligalar va klublar «jon saqlab qolişi» mumkin.

— Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimidagi işiga qanday baho berasiz?

— Men uning jahon çempionati iştirokçilari sonini köpaytiriş haqidagi taklifiga qarşiman. Bu futbolning rivojlanişiga salbiy ta'sir qiladi. U men bilan aloqalarni uzgan. FIFA bilan fikrimiz bir joydan çiqmayapti. Bu taşkilotdagilar özining sobiq rahbariga hurmatni yöqotgan.

— AQŞ hozirgi murakkab şaroitda JÇ-2018 va JÇ-2022 mezbonligi huquqini qölga kiritişda pora berilgani haqidagi mavzuni kötarayotganiga qanday munosabat bildirasiz? 

— Bu masala böyiça ötkazilgan sudlarda guvoh sifatida iştirok etganman. Rossiyadagi jahon çempionati 2018 yilda ötkazildi. Tugab bölgan çempionatga hujum qiliş nimaga kerak? Hozir buning vaqti emas-ku? Qayd qilişim joizki, ular aynan Rossiyadagi jahon çempionatiga qarşi bölişdi va Qatardagi jahon çempionatiga unçalik e'tibor berişmadi. Ular 2014-2015 yillardan boşlab bunga faol qarşilik qilişni boşlaşdi. Hammasi Tsyurixdagi FIFA kongressidan boşlandi. AQŞ xatti-harakatlari meni hayron qoldirmayapti.

— Rossiya Futbol Ittifoqi faxriy prezidenti Vyaçeslav Koloskov bayonotiga köra, siz Rossiyaga qarşi bormaganingiz uçun futboldan çetlatilibsiz. Bunga nima deysiz?

— Döstim Vyaçeslavga aytişim mumkinki, mutlaqo unday emas. Men Rossiya tufayli futboldan çetlatilmadim. Biz FIFA prezidenti bölişga intilayotgan Platinini töxtatmoqçi edik. Men 2019 yilgaça bu lavozimga saylanib qöygan edim, şu tufayli unga intilmadim. Rossiyaning bunga heç qanday aloqasi yöq.

— FIFA JÇ-2018 mezbonini tanlab adaşmaganini qaçon tuşunib yetdingiz?

— Buni şu zahoti tuşunganman, çunki özim tanlaganman. 2010 yilda Tsyurixda bu masala böyiça uçraşdik va kelişib oldik. 2018 yilgi jahon çempionati Rossiyada, 2022 yilgisi AQŞda ötkazilişi lozim edi. Dunyodagi ikkita katta kuç mundialni ötkazib, bir-biri bilan döstona kelişib olişiga umid qilgandim. Ammo sönggi pallada Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi bu işga aralaşib, hammasini barbod qildi. U vatandoşi, UYeFA prezidenti Mişel Platinini AQŞ nomzodini emas, Qatar nomzodini yoqlaşga köndirdi. Natijada, AQŞ saylovda 4ta ovozni yöqotdi. Şu iş yuz bermaganida 2022 yilgi jahon çempionati AQŞda ötkazilardi, bu katta muammolar esa yuz bermasdi.

— Hakamning video-yordamçisi tizimiga (VAR) qanday munosabat bildirasiz. Uning joriy qilinişi bilan futbol jiddiy özgardimi?

— Futbol, hakamlar va öyin nazorati ham özgardi. Bu tizimning ba'zi ijobiy tomonlari bor, ammo uning vaqti yetib kelmadi deb hisoblayman. Hatto hozir ham u yetarli darajada sinovdan ötkazilmadi. Vaziyatlar turliça talqin qilinmoqda va ligalardagi muammolar hali ham mavjud. Şunigdek, muxlislar ham VAR orqali qabul qilinayotgan qarorlarni tuşunişmayapti. Hali köp narsalarni sozlab oliş kerak, ayniqsa muxlislarni bu haqda xabardor qiliş masalasini. Biz televideniye bilan futbolni jahonga yoyiş maqsadida hamkorlik qilyapmiz. Ammo heç qaçon televideniyedan futbolga hakam bölişni söramaganmiz.

Birinçi Yevropa çempionatining ötkazilişiga 60 yil tölişi munosabati bilan «Izvestiya» Yozef Blatterdan eng yaxşi futbolçilardan iborat ramziy jamoani tuzişni söradi.

FIFA sobiq prezidentining tanlovi quyidagiça böldi:

Darvozabon: Lev Yaşin (Rossiya).

Himoyaçilar: Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Jyerar Pike (Ispaniya).

Yarimhimoyaçilar: Yohan Kroyf (Niderlandiya), Bobbi Mur (Angliya), Zinedin Zidan (Fransiya), Ferens Puşkaş (Vengriya).

Hujumçilar: Kriştianu Ronaldu (Portugaliya), Uve Zeyeler (Germaniya), Marko van Basten (Niderlandiya).

Murabbiy: Visente del Boske (Ispaniya).