Vazirlar Mahkamasining “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining filiallari va bölimlarini taşkil qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligining Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tizimida:
a) yuridik şaxs maqomiga ega:
Xorazm bölimi negizida Xorazm filiali;
Qaşqadaryo bölimi negizida Qaşqadaryo filiali taşkil qilinadi.
b) yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan, tarkibiy tuzilmalari uç ştat birlikdan iborat:
Andijon bölimi, Buxoro bölimi, Jizzax bölimi, Navoiy bölimi, Namangan bölimi, Samarqand bölimi, Surxondaryo bölimi, Sirdaryo bölimi va Farğona bölimi taşkil qilinadi.
Quyidagilar Filiallar va bölimlarning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
Viloyatlar tuproq-iqlim şaroitlariga mos innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni takomillaştiriş maqsadida suv xöjaligi ilm-fan sohasida mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan işlab çiqilgan eng samarali ilmiy-tadqiqot işlanmalari natijalarini amaliyotga keng joriy qiliş kölamini kengaytiriş;
Suv resurslardan samarali foydalanişni ta'minlovçi resurstejamkor, smart, raqamli va innovatsion texnologiyalarga asoslangan suv xöjaligini rivojlantirişning ilmiy-amaliy natijalarini mintaqalar şaroitiga keng joriy etiş;
Suv resurslarini hisobga oliş, ularni oqilona boşqariş va suvdan samarali foydalaniş, mavjud suv xöjaligi inşootlarini işonçli işlatiş va xavfsizligini ta'minlaş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş va unumdorligini oşiriş, suv xöjaligida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm va Qaşqadaryo filiallari rahbarlari Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi tomonidan viloyat hokimliklari bilan kelişgan holda lavozimiga tayinlanadi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021 yildan boşlab Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, uning filiallari va bölimlarining bino va inşootlarini saqlaş, xodimlar mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan bazaviy moliyalaştiriş şartlariga ötkazadi.
Quyidagilar, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti filiallarining faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;
belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan taşqari mablağlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy taşkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda filiallarning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini taşkil etiş hamda zarur bölgan asbob-uskunalar va zamonaviy laboratoriya jihozlarini sotib oliş va örnatiş bilan boğliq tadbirlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi ikki oy muddatda suv xöjaligining ustuvor vazifalardan kelib çiqqan holda Davlat va maqsadli ilmiy dasturlari (fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatning asosiy yönalişlari böyiça) hamda ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni şakllantiradi va moliyalaştiriş çoralarini köradi.












