Missuri ştati Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasi sababli sudga berdi. Bu haqda ştat boş prokurori Erik Şmitt ma'lum qildi.

Uning fikriça, Pekin COVID-19 borasida dunyoni "aldagan" va epidemiyani dastlabki bosqiçida töxtatiş uçun juda oz iş qilgan.

"Missurida virus oqibatlari katta – minglab bemorlar, köplab qurbonlar bor", - dedi Şmitt.

U kiçik biznesdagi köplab kompaniyalar yopilişga majbur bölgani va ularning xodimlari oilalarini boqişga juda qiynalayotganini qöşimça qildi.

Missuri ştati sudiga berilgan da'vo arizasi Xitoy hukumati, Xitoy kommunistik partiyasi, qator vazirliklar, Xubey provinsiyasi va Uhan şahri ma'muriyatiga qarşi qaratilgan.

Prokurorning sözlariga köra, Xitoy hukumati "jamoatçilikni çalğitgan", "muhim ma'lumotni yaşirgan", "kasallik insondan insonga yuqişini rad etgan" va hatto "himoya vositalarini yaşirgan". Şmittning aytişiça, "bu epidemiyaning oldini oliş mumkin edi".

Donald Tramp ma'muriyati sönggi paytlarda Xitoyga qarşi qaratilgan ayblovlar otaşini yanada olovlantirib, Çinni epidemiya sababçisi sifatida körsatişga urinmoqda.