“Men unga soğliq tilayman, çunki agar u yangiliklarda aytilayotgandek holatda bölsa, bu juda jiddiydir”, deb aytgan Tramp Oq uydagi brifingda.
“Heç kim buni tasdiqlamadi. CNN’ning xabarlariga unça ham işonmayman”, deb qöşimça qilgan AQŞ prezidenti.
Tramp bu vaziyatda Kim Çen In bilan boğlanib körişga harakat qilişini aytgan.
“Kim Çen In bilan yaxşi munosabatdaman. Bu butun mamlakatga foydalidir. Men u bilan barçasi yaxşi bölişini istayman”, deb ta'kidlab ötgan Oq uy rahbari.
Tramp jurnalistlarning Şimoliy Koreyada hokimiyat topşirilişi mumkinligi haqidagi savollariga javob berişdan qoçgan. “Undan bu haqda söramoqçimasman”, deb javob qilgan Tramp.
Avvalroq CNN telekompaniyasi AQŞ ma'muriyatidagi manbaga tayanib, AQŞ Kim Çen In soğliği yomonlaşgani haqidagi razvedka ma'lumotlarini örganayotganini ma'lum qilgan. Biroq naşr bu ma'lumotning heç qanday tasdiğini keltirmagan.
Öz navbatida, Janubiy Koreya rasmiylari Kim Çen In betobligi haqida ma'lumotlarga ega emasliklarini ma'lum qilişgan. Şuningdek, Xitoy taşqi işlar vazirligida ham CNN’ning manbasiga şubha bildirilgan.












