Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Şulardan biri sifatida «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasi orqali tadbirkorlik faoliyati uçun möljallangan yer uçastkalariga bölgan huquqning sotilişi yölga qöyilganini e'tirof etiş mumkin.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazi» bergan ma'lumotlarga köra, bugungi kunga qadar tadbirkorlik faoliyati uçun 8 mingga yaqin yer uçastkalariga bölgan huquq elektron onlayn auksionlar orqali sotilgan bölsa, mart-aprel oylarida esa 500 dan ortiq yer uçastkalari realizatsiya qilindi. Kundan kunga aholi orasida elektron auksionda iştirok etişga bölgan talab oşmoqda.
Koronavirus pandemiyasi şaroitida «E-IJRO AUKSION» savdo maydonçasi orqali mulklarni sotib olişga bölgan qiziqiş ançayin ortganini elektron auksionlarda uyda ötirib ham iştirok etiş mumkinligi, barça jarayonlar elektronlaştirilgani, hattoki ğoliblik bayonnomasining QR-kod bilan himoyalangan holda iştirokçiga elektron şaklda yuborilişi yölga qöyilgani bilan bilan izohlaş mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 4427-sonli qaroriga asosan örnatilgan yangi tartibga köra endilikda, xaridor yer uçastkasini auksionda olganidan söng quriliş talablari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş böyiça hujjatlarni tayyorlaş uçun sarson bölmaydi, barça texnik şartlar auksionga qadar tasdiqlanadi.
Bundan taşqari, yangi tartibga köra yer maydoni auksion ğolibiga berilgan bayonnoma orqali tuman yoki şahar hududiy kadastr bölimlarida rasmiylaştiriladi, bunda avvalgidek hokim qarorini çiqariş talab etilmaydi.
Hozirgi vaqtda e-auksion.uz savdo maydonçasiga Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlardan tadbirkorlik faoliyatini olib boriş imkoniyatini beruvçi 1,3 mingdan ortiq yer uçastkalari savdoga çiqarilgan bölib, quyida ularning ayrimlari bilan tanişişingiz mumkin.

Toşkent şahri, Uçtepa tumani, 23-mavze, 388-sonli MTM yonida
- Baholangan narxi: 291 mln.söm
- Auksion ötkaziş vaqti: 05.05.2020
- Yer uçastkasining maydoni (ga): 0.04
- Kiritiladigan investitsiya miqdori: 2,5 mlrd.söm
Batafsil köriş: e-auksion.uz/lot-view?13&lot_id=197078

Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Dumaloq MFY
- Baholangan narxi: 10 mln.söm
- Auksion ötkaziş vaqti: 04.05.2020
- Yer uçastkasining maydoni (ga): 0.0355
- Kiritiladigan investitsiya miqdori: 50 mln.söm
Batafsil köriş: e-auksion.uz/lot-view?16&lot_id=196434

Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumani, Polvontepa MFY, Boyaka qişloği
- Baholangan narxi: 2,8 mln.söm
- Auksion ötkaziş vaqti: 06.05.2020
- Yer uçastkasining maydoni (ga): 0.06
- Kiritiladigan investitsiya miqdori: 600 mln. söm
Batafsil köriş: e-auksion.uz/lot-view?25&lot_id=197615

Xorazm viloyati, Urganç tumani, Bekobod QFY, Zargarlar MFY
- Baholangan narxi: 2,4 mln.söm
- Auksion ötkaziş vaqti: 04.05.2020
- Yer uçastkasining maydoni (ga): 0.04
- Kiritiladigan investitsiya miqdori:
- Kiritiladigan investitsiya miqdori: 400 mln.söm
Batafsil köriş: e-auksion.uz/lot-view?61&lot_id=196543

Surxondaryo viloyati, Termiz şahri, Juyjangal MFY
- Baholangan narxi: 2,2 mln.söm
- Auksion ötkaziş vaqti: 30.04.2020
- Yer uçastkasining maydoni (ga): 0.0024
- Kiritiladigan investitsiya miqdori: 150 mln.söm
Batafsil köriş: e-auksion.uz/lot-view?31&lot_id=195644
Siz ham elektron onlayn auksionda yer uçastkasini xarid qiliş uçun qulay fursatdan foydalangan holda, uyingizdan turib onlayn savdolarda qatnaşing.
«Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi» DUK PR-xizmati












