Joriy yilning ötgan davrida “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonçasida 349 ta davlat aktivi ommaviy savdolarga çiqarildi.
Şu bilan birga, yil boşidan buyon 182 ta davlat aktivi 37,9 mlrd sömga realizatsiya qilindi.
Bugungi kunda ommaviy savdolarga çiqarilib, barça tadbirkorlik sub'yektlariga taklif etilayotgan quyidagi yirik davlat aktivlari bilan tanişing:
1. Toşkent şahri, Yaşnobod tumanidagi faoliyat turi texnik xizmat körsatiş bölgan boşlanğiç narxi 76 mlrd 422 mln sömlik "Texnik ta'mirlaş va butlaş boşqarmasi" MÇJning ustav fondidagi 100 foiz davlat uluşi savdoda turibdi. Jamiyat balansidagi 18,3 gektar yer uçastkasi hamda 88 754 kv.m.dan iborat bino-inşootlar Özbekistonning bir neça viloyatlarida joylaşgan. Uşbu davlat aktivi Agentlikning Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tomonidan savdoga çiqarilgan.

2. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi faoliyat turi Paypoq işlab çiqariş bölgan boşlanğiç narxi 42 mlrd 93 mln sömlik "Şörtanneftgaz-Tekstil" MÇJning ustav fondidagi 100 foiz davlat uluşi savdoda turibdi. Jamiyat balansida 2,3 gektar yer uçastkasi hamda 5979,7 kv.m.dan iborat bino-inşootlar mavjud. Uşbu mulk Agentlikning Surxondaryo viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan savdoga çiqarilgan.

3. Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi faoliyat turi işlab çiqariş bölgan boşlanğiç narxi 25 mlrd 546 mln sömlik "Polietilen quvurlari" MÇJning ustav fondidagi 100 foiz davlat uluşi savdoda turibdi. Jamiyat balansida 12 gektar yer uçastkasi hamda 6760,8 kv.m.dan iborat bino-inşootlar mavjud. Uşbu davlat aktivi Agentlikning Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan savdoga çiqarilgan.




















