Yevropa sekin-asta karantindan çiqmoqda, buni esa birinçi bölib Çexiya amalga oşirdi. Hukumat yopilgan çegaralarni oçişga qaror qildi va aholining mamlakat böylab harakatlanişiga çeklovni bekor qildi.

Çexiya Yevropada koronavirus tarqalişi xavfi haqida birinçilardan bölib bong urgandi. Çexlar qöşni davlatlardan farqli ölaroq, darhol qat'iy çoralar körib, 12 martdan mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilişgandi. 16 martdan esa Çexiyaga xorijliklarning kirişi taqiqlangan, fuqarolar esa mamlakatdan çiqarilmay qöyilgan. 

Endi Çexiya fuqarolari hattoki dam olgani xorijga ham çiqa olişadi, biroq ular qaytganlaridan keyin ikki haftalik karantinga jönatiladilar yoki özlarida koronavirus yöqligi haqida tibbiy ma'lumotnoma taqdim qilişlari kerak böladi. Hujjat tahlil topşirilgandan keyin 4 kun amal qiladi. 

Bundan taşqari, mamlakat böylab harakatlanişga çeklov bekor qilindi va jamoat joylarida 10 kişigaça yiğilişga ruxsat berildi. 

Şuningdek, 27 apreldan avtomaktablar, sport zallari, kutubxonalar, hayvonot boğlari va maydoni 2500 kvadrat metrgaça bölgan dökonlar oçilişiga ruxsat beriladi.

11 maydan esa savdo markazlari, restoranlar, kafelar öz faoliyatini davom ettira oladi.

“Biz Çexiya hududida pandemiyani juda yaxşi uddalay oldik”, deb izoh bergan çeklovlarning bekor qilinişiga Voytex.

Biroq Çexiya karantindan çiqiş rejasini vaziyat rivojlanişiga qarab özgartirişi ham mumkin. 

Bungaça vazir çeklovlarning qisman bekor qilinişini va fuqarolarga koronavirus tarqalişi darajasi past bölgan davlatlarga borişga ruxsat berişni taklif qilgan. Öz navbatida, Çexiya prezidenti Miloş Zeman mart oyida yopilgan çegaralarni bir yildan oldin oçiş kerakmasligini aytgan. U kiriş-çiqişga çeklovlar töliq bekor qilinsa, mamlakatga yana koronavirus kirişi xavfi borligini aytgan.