Endi vaqtingizni behuda sarflab, qoğoz kötarib yurişga hojat yöq. Hatto kompyuter ham kerak emas. Faqat mobil telefon va Telegram ilovasi bölsa kifoya.

Telegramda @SektorUzBot qidiruvini amalga oşirib sektor xizmatlariga ulaniş mumkin. Tegişli til tanlanganidan söng Telegramda röyxatdan ötgan telefon raqamini tasdiqlaş kerak böladi. 

Söngra “Sektor rahbariga murojaat” tugmasi bosilib, viloyat va istiqomat qilayotgan hudud tanlanadi. Tadbirkorlik sub'yekti STIRi va telefon raqami kiritilganidan söng murojaat qoldiriş mumkin. 

Murojaat holatini tekşiriş menyusi orqali  masalaning örganiliş jarayonini kuzatib boriş mumkin.

Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Abdulla Azizovning ma'lum qilişiça, murojaatlar töğridan-töğri portalga borib tuşadi. Barça kelib tuşgan murojaatlar avtomatik ravişda taqsimlanadi. 

Bot orqali yöllangan murojaat qat'iy nazoratga olinib, unga ID raqami biriktiriladi. Murojaatlarni körib çiqiş muddati uç iş kuni etib belgilangan. Mazkur tizim Tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi, sektor va taşkilotlar rahbarlari tomonidan yuritiladi. 

“Sektor rahbarlari özlariga kelib tuşgan murojaatlarni körişadi va tegişli taşkilotlarga bu haqda ma'lum qilişadi. Taşkilotlar esa bu muammolarni örganib hal qilganidan söng bu haqda portalga ma'lumot beradi. Umumiy nazoratni tuman hokimining birinçi örinbosari amalga oşiradi. Viloyat hokimining birinçi örinbosari viloyat darajasida kelib tuşayotgan barça murojaatlarni örganişi va tuman hokimining birinçi örinbosariga murojaat qilişi mumkin. ”, deydi u.

Uşbu tizim sinov tariqasida Sirdaryo viloyatining Boyovut va Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida işga tuşirildi. Azizovning sözlariga köra, bir hafta içida 300dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi va bu murojaatlarning 90 foizi bir kunda hal etildi.  

@SektorUzBot tadbirkorlarning muammolarini masofadan hal etişga xizmat qiladi.