Afğoniston hukumati koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida mamlakat qamoqxonalaridagi 12 mingdan ortiq mahbusni ozodlikka çiqariş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda The Khaama Press agentligi xabar berdi.

Qamoqxonalar işlari böyiça hukumat departamenti boşliği Ahmad Raşid Tutahayning sözlariga köra, "mamlakat prezidenti Aşraf Ğanining qarori bilan 12 399 nafar mahbus ozodlikka çiqariladi. 

Uning qöşimça qilişiça, mahbuslarni ozod qiliş jarayoni may oyi boşida boşlanadi.

Afğoniston prezidenti 26 mart kuni mahalliy qamoqxonalarda koronavirus tarqalişi xavfi bois 10 mingga yaqin mahbusni amnistiya qiliş töğrisida farmon çiqargandi. Hujjatga muvofiq, şu kunga qadar 6 ming nafar mahbus ozodlikka çiqarilgan.

Afğoniston soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, mamlakatda koronavirusga çalinganlar soni 1,5 mingga yaqin bölib, 50ga yaqin kişi vafot etgan.