Past Darğom tumanida joylaşgan «SAMARQAND KAMALAK INVEST TEKSTIL» mas'uliyati çeklangan jamiyati yurtimizda karantin e'lon qilingandan buyon yuzlab oilalarga oziq-ovqat va pul bilan kömak körsatib kelmoqda.

«Saxovat va kömak» umumxalq harakati doirasida keça, 27 aprel kuni ham korxona tomonidan 322 ta oilaga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

Ötgan oyda ham qator mahallalardagi kam ta'minlangan oilalarga bir million sömdan pul va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari hamda 40 tadan tibbiyot niqoblari tarqatgaç, korxona rahbari Quyoş Haqberdiyev öz maqsadini ma'lum qilgandi. Tadbirkorga köra, u şu yöl bilan yordamga muhtoj oilalarga kömak körsatiş va buni tarğib qiliş orqali boşqalarni ham imkon qadar ezgu işga jalb etişga harakat qilmoqda.

Bu safar 20 dan ortiq mahallalardagi yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, kömak körsatgan korxona bugun, 28 aprel kuni ham saxovat işlarini davom ettirmoqda. Kun oxiriga qadar 678 ta xonadonni zaruriy 14 xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş möljallangan.

Umuman, «Saxovat va kömak» umumxalq harakati doirasida  sönggi kunlarda korxona Past Darğom tumanidagi 1000 ta xonadonga, Nurobod tumanidagi 50 ta xonadonga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlar yetkazib berdi.

«Hozir yurtdoşlarimizga yordamimiz har doimgidan ham muhim. Buni köpçilik anglab turibdi. Qolaversa, topgan-tutgan daromadimizda muhtojlarning ham haqi bor. Bugungi kun tadbirkori uçun kimningdir oğir ahvolda ekanini bila turib xotirjam böliş yaraşmasa kerak. Şu sababdan qiyin vaziyatga tuşib qolgan hamyurtlarimizni pul yoki oziq-ovqatlar bilan qöllab quvvatlaşga bor imkonimiz bilan harakat qilib kelyapmiz», deydi korxona rahbari.

«Samarqand kamalan invest tekstil» MÇJ ip kalava, gazlama işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib 2019 yildayoq 800 kişilik iş örni yaratgan. Hozirda klaster usulida ham faoliyat yuritib paxta xomaşyosi yetiştiradi. Hozirda klaster korxonasi qişloq xöjaligi, paxta xomaşyosini qayta işlaş, paxta tolasini qayta işlaş faoliyatlari bilan şuğullanmoqda.

Korxona tomonidan 2020-2021 yillarga möljallangan 3 ta yirik yangi loyihalar ustida iş olib borilmoqda.

Ip kalava işlab çiqariş böyiça quvvati 11 000 tonna paxta tolasini qayta işlaş loyihasi bitgaç 450 ta iş örni yaratilişi közda tutilgan.  

Tayyor gazlama işlab çiqariş loyihasida esa 5000 tonna ip kalava qayta işlaş möljallangan bölib, doimiy işçi örni 180 nafarga köpayadi. Şuningdek paxta çigitini qayta işlaş, yoğ-moy işlab çiqariş böyiça navbatdagi loyiha bilan yiliga 50 000 tonna paxta çigitini qayta işlaş va 220 nafar fuqaroni işga oliş közlangan. Mazkur rejalar amalga oşsa korxonaning eksport hajmi 25 million AQŞ dollariga köpayişi kutilyapti.

Korxona rahbariyati işda erişilgan yutuqlar, barakaning asosiy sababi saxovat işlarida deb biladi.