Joriy yilning 20 aprel kuni soat 18:00lar atrofida, Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavrok MFY hududidan ötuvçi 4R130 Andijon aylanma yölining 34-km.da yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Haydovçi, 1997 y.t. Ş.M. “Neksiya-3” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöldan çiqib ketib, yöl çetidagi beton tösiqqa urilib, transport vositasi ağdarilgan.
Natijada, haydovçi Ş.M. tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan.
Uşbu YTH yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, karantin vaqtida zaruratsiz köçaga çiqmasligingizni, zarurat bilan çiqqan vaqtingizda ham “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.












