Pens koronavirus pandemiyasi vaqtida tavsiya qilingan matoli niqobdan foydalanişni boşlagan. Bundan NBC telekompaniyasi e'lon qilgan video darak bermoqda.

Pens 30 aprelda General Motors va Ventec Life Systems kompaniyalarining Indiana ştatida joylaşgan, öpkani sun'iy ventilyatsiya qiliş qurilmalarini tayyorlovçi qöşma korxonasiga taşrif buyurgan. Vitse-prezident va barça kişilar himoya niqoblarida bölgan. 

Ötgan hafta Pens Minnesota ştatidagi klinikaga taşrifi vaqtida niqobsiz bölgan. Jurnalistlar bilan suhbatda u niqobi yöqligini koronavirusga çalinmagani bilan tuşuntirgan.

Şundan keyin AQŞning yetakçi OAVlari Pensni yomon örnak körsatişda ayblaşgan.