4 may kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşining sakkizinçi sessiyasi bölib ötdi. Unda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, deputatlar, tuman hokimlari, korxona va taşkilot rahbarlari iştirok etişdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sessiyada Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori töğonining bir qismi öpirilişi oqibatida yuzaga kelgan ofatdan talafot körgan aholini qöllab-quvvatlaş masalasi körib çiqildi.
Deputatlar suv toşib, hududdagi aholi punktlarida turar va noturar mulklar, ijtimoiy soha obektlari va qişloq xöjaligi ekinlariga jiddiy talafot yetgani va 70 mingga yaqin fuqaro bu talafotdan aziyat çekkani xorazmliklarni ham qayğuga solganini ta'kidlaşdi. Şunday davrda özaro qöllab-quvvatlaş, turmuş şaroiti vaqtinçalik oğirlaşgan sirdaryoliklarga kömaklaşiş, yordam beriş insoniylik burçi ekanini e'tirof qilişdi.
Sessiyada Sardoba ahliga kömaklaşiş xayriya jamğarmasiga viloyat budjetidan 3 milliard söm pul ajratiş taklifi deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Avvalroq Xorazm viloyatidan Sirdaryoga jami 500 million sömlik insonparvarlik yordami - oziq-ovqat, kiyim-keçak va quriliş materiallari yuborilgandi.













