Fransiyalik şifokor Iv Koen mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq dastlabki holat 2019 yil dekabrda yuz berganini ma'lum qildi, deb xabar berdi "Bi-bi-si".

Bu endi aniqlandi. Ma'lum bölişiça, Parij yaqinida zotiljamdan davolangan bemordan 27 dekabrda olingan tahlil şu kunlarda koronavirusga tekşirildi va test natijasi musbat çiqdi.

50 yoşli bu bemor allaqaçon soğaygan. Uning sözlariga köra, koronavirusga çalinganini xayoliga ham keltirmagan, çunki epidemiologik noxuş vaziyat hukm surgan mamlakatlarga bormagan.

Ilgari Fransiyada koronavirusga çaliniş bilan boğliq dastlabki uçta holat 24 yanvarda qayd etilgan deb hisoblanib kelinayotgandi. Ulardan ikki nafari Xitoyning Uhan şahridan kelganlar, uçinçisi esa ularning oila a'zosi bölgan.

Iv Koenning aytişiça, u dekabr-yanvar oylarida grippga öxşagan alomat bilan kasalxonaga murojaat qilgan bemorlarning tahlillarini tekşirib körişga qaror qilgan. U 14 kişining tahlilini tekşirgan, ulardan bittasida koronavirus aniqlangan.  

Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga köra, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 169,5 mingdan oşgan, 25,2 mingdan ortiq kişi vafot etgan.