Joriy yilning 4 may kuni soat 19:30da Urgut tumani “Tinçlik” mahallasi hududidan ötuvçi A-377 avtomobil yölining 33-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Haydovçi, 27 yoşli F.R. boşqaruvida bölgan “VAZ-2106” rusumli transport vositasini mast holatda Samarqand yönalişi tomonidan Tojikiston Respublikasi yönalişi tomonga qarab boşqarib kelayotgan vaqtida, öziga nisbatan qarama-qarşi yönalişdan harakatlanib kelayotgan haydovçi, 29 yoşli Z.A.ning boşqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli yuk transport vositasining öng yon tomoniga urilib, YTH sodir qilgan.

Töqnaşuv natijasida, “Gaz-5327” rusumli yuk transport vositasi yölovçilari (haydovçining turmuş örtoği va farzandi) 22 yoşli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoşli A.N. oğir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etganlar.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
“Hurmatli haydovçilar, transport vositasini mastlik holatida boşqarmasligingizni, özingiz va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasligingizni sörab qolamiz”, - deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.












