Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv ombori dambasi öpirilişi oqibatlarini bartaraf etişga jalb qilingan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlariga qaraşli vertolyot aviatsiyasi navbatdagi parvozni amalga oşirdi.
Vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, podpolkovnik Rahimjon Ergaşev, kapitan Farhod Şaripov, kapitan Muzaffar Mamatovdan iborat ekipajning maqsadi belgilangan reja asosida favqulodda vaziyat sodir bölgan hududlarning boriş qiyin joylarida razvedka-qidiruv işlarini amalga oşiriş hamda evakuatsiya tadbirlari böldi.

Bildirilişiça, qidiruv davomida ikki kişi topilgan. Vertolyotga olingan bu ikki fuqaro zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat körsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelindi. Ularning biri 1985 yilda tuğilgan Erkin Omonov bölib, bir oyoği jarohatlangan. Ikkinçisi 1996 yilda tuğilgan Fayzullo Qodirovning tana harorati kötarilgan.
Oqoltin tumanidan vertolyot aviatsiyasi yordamida evakuatsiya qilingan uşbu bemorlarga Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali terapevti, tibbiy xizmat podpolkovnigi Şuhrat Karimov, feldşer Şuhrat Ahmedov zarur tez tibbiy yordam muolajalarini körsatdi, deyiladi xabarda.













