Rossiyadagi harbiy aviatsiya töğrisida yozuvçi telegram-kanallar ukrain dronlarining Leningrad oblastiga hujumi vaqtida uçuvçilar halok bölgani haqida yozişdi. Bu maʼlumot hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Tegişli maʼlumot Z-bloger Ilya Tumanov tomonidan yuritiladigan Fighterbomber kanalida paydo bölgan. «Bugun Sankt-Peterburg osmonini dronlar hujumidan himoya qiliş bizga juda qimmatga tuşdi. Juda, juda qimmatga», – deya yozgan u heç qanday tafsilotlarni keltirmasdan.
«Na predele» telegram-kanali ham tafsilotlarga töxtalmasdan uçuvçilar halok bölgani haqida yozgan. Postga Ka-52 «Alligator» vertolyoti fotosi ilova qilingan.
«Voyevoda veşçayet» telegram-kanali esa «uçta vertolyotning tajribali ekipaji», jami yetti uçuvçi halok bölganini xabar qilgan. «Voyennyy osvedomitel» kanali Ka-52 va Mi-8 rusumli vertolyotlar yöqotilganini taxmin qilgan. «Osvedomitel» xabarida esa jami uçta vertolyot qulagani aytiladi: ikkita Ka-52 va bitta Mi-8.
Rossiya hukumatining rasmiy bayonotlarida ukrain dronlarining Kingiseppskiy rayoni Ust-Luga posyolkasiga hujumi oqibatida portning uç nafar işçisi jarohat olgani haqidagina aytilgan.

«Meduza» «Razbor» bölimi izohi
Hozirça RF qurolli kuçlarining yöqotişlari va buning sabablari haqida aniq maʼlumotlar yöq. Ayrim Z-blogerlar vertolyotlar ukrain dronlarining Sankt-Peterburg atrofiga hujumlarini qaytariş çoğida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilganiga işora qilmoqda. Bu uruşda uçuvçilar boşqaruvidagi uçiş apparatlari halokatiga «döstona zarba» sabab bölişi holatlari köp uçramoqda.
Jangovar vertolyotlar – uzoq masofali dronlarga qarşi kuraşda eng samarali va keng qöllanayotgan vositalardan biridir. Öz mobilligi evaziga ular quruqlikda joylaşgan havo mudofaa tizimlaridan farqli ravişda dronlarning uçib keliş yönalişlarini tösa oladi.
Vertolyotlar dronlarni yöq qiliş uçun ştatdagi aviatöplar, pulemyotlar, köçma zenit-raketa tizimlari va tösib çiquvçi dronlardan (Ukraina holatida) foydalanadi. AQŞ armiyasi vertolyotlari esa Yaman husiyçilarining dronlariga qarşi kuraşda maxsus işlab çiqilgan, lazer yordamida boşqariladigan arzon APKWS II rusumli raketalardan foydalangan. Bunday raketalar Ukraina qurolli kuçlarida ham bor.














