Rossiya harbiylari 11-noyabr, çorşanbaga ötar keçasi Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portiga uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumini qaytariş paytida uçta vertolyotidan ayrilgan bölişi mumkin.
Bu haqda Rossiyaning uruş tarafdori bölgan bir neçta Telegram-kanallari xabar berdi. Ular hozirça voqea qanday şaroitda sodir bölgani haqida batafsil maʼlumotga ega emas.
Rossiyaning Z-kanallaridan biri - «Voyennyy osvedomitel» dastlabki maʼlumotlarga tayanib, Ka-52 «Alligator» razvedka-zarba vertolyoti ekipaji bilan birga, şuningdek, köp maqsadli Mi-8 vertolyoti yöqotilganini yozdi.
Keyinroq xabar muallifi gap uçta havo kemasi haqida ketayotgan bölişi mumkinligiga aniqlik kiritdi.
«Sabablar haqida maʼlumot yöq. Yo vertolyotlar töqnaşib ketgan, yoki öz kuçlari tomonidan öqqa tutilgan. Agar ikkinçi holat bölsa, aviatsiya va havo mudofaasi örtasidagi hamkorlik hanuz juda past darajada qolayotganini anglatadi», - deyiladi kanal xabarida.
Uçuvçilar halok bölgani haqida xabarlar
«Voyevoda veşçayet» nomli Z-kanal ham uçta vertolyot yöqotilgani haqida xabar berdi.
Kanal muallifining taʼkidlaşiça, hodisa oqibatida uçta tajribali ekipaj, jami yetti nafar harbiy xizmatçi halok bölgan.
Biroq muallif aynan qaysi rusumdagi vertolyotlar halokatga uçragani va bunga nima sabab bölganini aniqlaştirmagan.
Uruş tarafdori bölgan yana bir Telegram-kanal - «Ya i moy drug vertolyot» halok bölgan uçuvçilar xotirasiga bağişlangan şeʼrlarni hamda Mi-8 va Ka-52 vertolyotlarining oq-qora suratini eʼlon qildi.
Oktabr oyi boşida ham Rossiya havo mudofaasi kuçlari özlariga tegişli Mi-8 vertolyotini urib tuşirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Öşanda bu haqda Fighterbomber va Helicopterpilot nomli Z-kanallar yozgan.
«Izvestiya» naşri manbasi ham Voronej viloyatida uşbu vertolyot ekipajining uç nafar aʼzosi halok bölganini xabar qilgan edi.
Harbiy blogerlar yöqotişlar haqida xabar bermoqda













