5 may kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişda mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib çiqib, karantin qoidalari bosqiçma-bosqiç yumşatilişi bildirildi. Şuningdek, viloyat, tumanlar va şaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (örta xavfli) va “yaşil” (xavfsiz) hududlarga ajratilişi belgilandi.
Namangan viloyati mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “qizil”, ya'ni yuqori xavfli hududga kiritildi. Bu haqda Namangan şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bildirilişiça, viloyat böyiça 6 may kuniga qadar 230 nafar şaxs koronavirus infeksiyasiga çalingani aniqlangan va Namangan bu körsatkiç böyiça respublikada Toşkent şahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi törtinçi örinda turibdi. Koronavirusdan ölim holati böyiça esa (4 ta) Namangan poytaxt Toşkentdan söng (5 ta) ikkinçi örinda qayd etilgan.
“Viloyatdagi koronavirus infeksiyasiga çaliniş holatlarining aksariyat qismi Namangan şahriga töğri kelmoqda. Şu bois şaharda joriy etilgan çeklovlar, jumladan, avtomobillarda maxsus stikerlarsiz faqat ma'lum soatlarda harakatlaniş böyiça talablar öz kuçida qoladi. Namangan epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirişi e'tiborga olinib, karantin qoidalari hozirça yumşatilmaydi”, - deyilgan xabarda.
Fuqarolardan karantin qoidalariga qat'iy amal qiliş söralgan.
5 may holatiga köra, Namanganda bemorlarning 106 nafari tuzalgan, 4 kişi vafot etgan, 120 bemor davolanişni davom ettirmoqda.
Bundan oldin, Samarqand “qizil” hududga kiritilgani, viloyatda karantin qoidalari saqlanib qolişi xabar berilgandi.













